19:26 / 11.08.2020
13130

“Qamchiq" dovonida “Kobalt” ag‘darilib ketdi

Foto: FVV matbuot xizmati

 FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 11 avgust kuni ertalab soat 08:05da “Qamchiq" dovonidan o‘tgan A-373, “Toshkent-O‘sh" avtomagistralining 206.5 kilometrida yana yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“Kobalt” rusumli avtomobil haydovchisi harakat chog‘ida hushyorlikni butunlay yo‘qotgan. Oqibatda avtomashina yo‘l chetidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. Avtomashina ichidagi fuqarolar omon qolishgan.

Ziyon yetgan avtomobilga yordam ko‘rsatish uchun “Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi xodimlari va Yo‘l patrul xizmati, yo‘l bo‘limi xodimlari yetib kelib, jarohatlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishgan hamda ariq ichidan mashinani chiqarib olganlar.

Top