21:34 / 15.08.2020
7325
Masjidlarda jamoat namozlari uchun tayyorgarlik ishlari qanday kechmoqda?

2020 yil 17 avgustdan respublika bo‘ylab 2070ta masjidning barchasida bomdoddan boshlab barcha farz namozlarini jamoat bilan ado etishga ruxsat berilmoqda. Albatta, hozircha, juma namozlarini ado etishlik istisno qilingan.

Bugungi kunda respublikaning barcha masjidlarida tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Jumladan, masjidlarga kiraverishda dezinfeksiyalovchi gilamlar, tunellar o‘rnatilyapti, antiseptik vositalar va tana haroratini o‘lchagichlar bilan ta'minlanmoqda.

Namozxonlar turadiganlar joylar maxsus belgilanib, ularning oralig‘i 1,5 metrlik ijtimoiy masofaga mos kelishi yuzasidan choralar ko‘rilyapti.

Kun.uz muxbiri Toshkent shahridagi “Novza”, “Hazrati Imom”, “Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf” masjidlarida bo‘lib, tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Shu o‘rinda masjidlarda jamoat bilan farz namozlarini ado etishlik uchun tartiblarni yana bir bor e'tiboringizga havola etamiz.

  • masjidlarning kirish joylarida dezinfeksion “to‘shak”lar o‘rnatiladi, tashrif buyurgan namozxonlar u orqali o‘tadi, birlamchi dezinfeksiyalash vositalarida qo‘llariga ishlov berishadi, pirometrlar (kontaksiz harorat o‘lchagich) bilan haroratlari o‘lchanadi;
  • har bir fuqaro masjid ichida tibbiy niqobda bo‘lishi kerak;
  • tana harorati 37ºC va undan yuqori bo‘lgan holatda va kasallik alomatlari sezilgan fuqarolarni alohidalash va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga xabar berish zarur;
  • ibodat vaqtida ijtimoiy masofalanishni saqlash, fuqarolar orasidagi masofani 1,5 metr etib belgilash (maxsus chiziqlar yordamida kataklarga ajratgan holda) talab etiladi;
  • har bir masjidning kirish qismiga kasallikdan saqlanish, hududda karantin talablariga qat'iy amal qilish, xususan, 65 yoshdan katta fuqarolarni masjidlarga vaqtincha tashrif buyurmay turishlari tavsiya etilishi to‘g‘risidagi axborot lavhalari o‘rnatiladi;
  • masjid ma'muriyati tomonida ish faoliyatni karantin davrida tashkil etish bo‘yicha tegishli buyruq va ichki tartiblarni ishlab chiqish (bunda yoshi 65 yoshdan ulug‘ fuqarolarni vaqtincha tashrif buyurmay turishlarini tavsiya etish) yo‘lga qo‘yiladi;
  • masjidlarda juma namozi vaqtincha ado etilmaydi;
  • hududiy sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari tomonidan masjidlarning barcha xodimlari bilan tushuntirish ishlarini tashkil etiladi;
  • ushbu xizmat tomonidan belgilangan muddatda (har 3 kunda yoki haftada bir marotaba) masjidlardagi sanitariya-epidemiologik holatni o‘rganish va tavsiyalar berish amalga oshiriladi;
  • masjidlar binolari va hududini har kuni dezinfeksiya qilish, xonalarni shamollatish ishlari bajariladi;
  • masjidga kirish va chiqish joylarida aholining to‘planishiga qat'iy yo‘l qo‘ymaslik ta'minlanadi;
  • tahoratxonadan faqat zarur sharoitlar yaratilgan (bir martalik sochiq-salfetka, antiseptik vositalar, suyuq sovunlar bilan ta'minlash, qisqa muddatlarda dezinfeksiya qilish), ijtimoiy masofalanishni saqlagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top