21 fevral kuni Toşkent şahridagi Minor jome masjidi tahoratxonasida öğrilik sodir etilgani xabar qilingandi. Toşkent şahar IIBB sodir etilgan öğrilik holati böyiça jinoyat işi qözğatilganligini ma’lum qildi.
Ta’kidlanişiça, 21 fevral kuni soat taxminan 12:50 larda 1979 yilda tuğilgan Ş.M. Yunusobod tumanidagi Minor masjidida kiyim ilgiçida turgan, 1998 yilda tuğilgan I.D.ga tegişli bölgan kurtka çöntagidan hamyonni olib, voqea joyidan yaşiringan. Hamyonda I.D.ning şaxsiy hujjatlari hamda 170 ming söm puli bölgan.
Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (öğrilik) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan. Hozirda tergov işlari davom ettirilmoqda.












