09:15 / 18.08.2020
88726

Koronavirus infeksiyasining ilk alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligi ma'lum qilindi

Amerikalik olimlar koronavirus infeksiyasining birinchi alomatlari paydo bo‘lishi ketma-ketligini aniqlashdi. Ular o‘tkazgan tadqiqot Frontiers in Public Health nashrida chop etilgan.

Foto: TASS/EPA

Mutaxassislar koronavirusga chalingan 55 mingdan ko‘proq bemorning kasallik tarixini o‘rganib chiqishgan. Aniqlanishicha, koronavirusga chalinganlarda dastlab tana harorati ko‘tarilishi, so‘ngra yo‘tal paydo bo‘ladi. Shundan keyin bemorlarda mushaklarda og‘riq, ko‘ngil aynish va ichburug‘ kuzatiladi.

Olimlarning ta'kidlashicha, ushbu yangilik shifokorlarga koronavirusni o‘z vaqtida aniqlash va davolashda yordam beradi.

Avvalroq rossiyalik feldsher Anna Dmitriyeva o‘zining bemorlar bilan ishlash tajribasiga tayanib, hid sezish qobiliyati yo‘qolganlarda deyarli 100 foiz holatda koronavirus aniqlanganini ma'lum qilgan.

Bundan tashqari, amerikalik olimlar koronavirusning yana bir noodatiy alomatini aniqlashgandi. Ularning ta'kidlashicha, uzoq davom etuvchi hiqichoq tutishi koronavirus infeksiyasidan darak berishi mumkin. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top