00:02 / 25.08.2020
31960
Qaysi faoliyat turlarini litsenziyalash to‘liq bekor qilinmoqda? (ro‘yxat)

«Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni imzolandi.

Farmonga asosan, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

  • 37 ta litsenziya va 10 ta ruxsatnoma bekor qilinadi (ro‘yxat);
  • 17 ta litsenziya va 14 ta ruxsatnoma xabardor qilish tartibi joriy etilishi yo‘li bilan bekor qilinadi (ro‘yxat);
  • 16 ta litsenziya va 11 ta ruxsatnoma birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi (ro‘yxat);

Lisenziyalash to‘liq bekor qilinadigan faoliyat turlari quyidagilar:

  • Auditorlik faoliyati
  • Audiovizual asarlarni, fonogrammalarni va EHM uchun yaratilgan dasturlarni takrorlash faoliyati
  • Fonogrammalarni tayyorlash faoliyati
  • Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyati
  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashda investitsiya fondi faoliyati
  • Telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalashda:
    • umumiy foydalanish punktlari, shu jumladan qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlarining umumiy foydalanish punktlari tomonidan ma'lumotlarni uzatish tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan mahalliy telekommunikatsiya tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish;
    • qishloq joylardagi kichik tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlari orqali xizmat ko‘rsatish.
  • Ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash faoliyatini litsenziyalashda ko‘priklar va tonnellardan foydalanish faoliyati
  • Mudofaa obektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta'mirlash faoliyati
  • Axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish, tayyorlash, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta'mirlash va ulardan foydalanish faoliyatini litsenziyalashda:
    • axborotning kriptografik himoya vositalarini loyihalashtirish;
    • axborotning kriptografik himoya vositalarini ta'mirlash;
    • axborotning kriptografik himoya vositalaridan foydalanish
  • Baholash faoliyati
  • Rieltorlik faoliyati
  • Vazirliklar, idoralar va tashkilotlar harbiy xizmatchilari hamda xodimlarining tasdiqlangan namunadagi formali kiyim-boshi savdosi bo‘yicha faoliyat
  • Qimmatbaho va nodir metallarni, qimmatbaho toshlarni qazib olish faoliyati
  • Farmatsevtika faoliyati (dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bundan mustasno):
    • tibbiyot buyumlari ishlab chiqarish;
    • tibbiy buyumlari tayyorlash;
    • tibbiy buyumlarini ulgurji realizatsiya qilish;
    • dorivor o‘simlik xomashyosini qadoqlash va ulgurji sotish
  • Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini loyihalashtirish faoliyati
  • Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyatini litsenziyalashda:
    • yuklarni avtomobil transportida shaharda va shahar atrofida tashish faoliyati;
    • yuklarni avtomobil transportida shaharlararo tashish faoliyati

To‘liq bekor qilinadigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar:

  • Xorijiy ishchi kuchlarini jalb qilishga ruxsatnoma
  • Sug‘urtalovchining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari kompleksini kelishish
  • Banklarda auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish huquqiga sertifikat
  • Obektlar, mahsulotlar va texnologiyalarning loyihalarini hamda ularni foydalanishga qabul qilib olish ishlarini ularning temir yo‘l transporti sohasida belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan ekspertiza xulosasi
  • Lokomotivlar, yuk va izotermik vagonlarning xizmat qilish muddatlarini uzaytirishga texnik yechimlardan ishlab chiqarishda foydalanishni kelishish
  • Suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarni tashlash bilan bog‘liq yangi korxonalarni qurish va ishlab turganlarini rekonstruksiya qilish loyihasini kelishish
  • Bino va inshootlarni, suv ta'minoti, kanalizatsiya va oqova suvlarni tozalash tizimlarini, gidrotexnika inshootlarini, boshqa obektlarni sanitariya normalari, qoidalari va gigiyena me'yorlariga rioya etgan holda loyihalash, qurish, rekonstruksiya qilishni kelishish
  • Kabel televideniyesi tarmoqlarini loyihalashtirish qurish yoki sotib olish, o‘rnatish, olib kirish va foydalanish turidagi ruxsatnoma
  • Trenerlik faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsatnoma
  • Jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish yoki sport inshooti pasporti

Xabardor qilish tartibini joriy etish orqali litsenziyalash bekor qilinadigan faoliyat turlari:

  • Qimmatbaho metallardan va qimmatbaho toshlardan zargarlik buyumlarini hamda boshqa buyumlarni ishlab chiqarish faoliyatiga litsenziya
  • Lombardlar faoliyatiga litsenziya
  • Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyatni litsenziyalashda investitsiya maslahatchisi faoliyati
  • Nodavlat ta'lim faoliyatini litsenziyalashda:
    • maktabdan tashqari ta'lim;
    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
    • chet tillarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish
  • Veterinariya faoliyatini litsenziyalashda veterinariya davolash-profilaktika ishlari
  • Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlash signalizatsiyalarini montaj qilish, sozlash, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash
  • Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek, texnik moylar va moylash materiallarini) realizatsiya qilish, bundan zavodda idishlarga qadoqlanganlari mustasno
  • Geodeziya va kartografiya faoliyatiga litsenziya
  • Iste'mol va texnik etil spirti, alkogol mahsuloti (bundan tabiiy vino mustasno) ishlab chiqarish faoliyatini litsenziyalashda pivo va pivo ichimliklari ishlab chiqarish faoliyati
  • Farmatsevtika faoliyatining dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana sotish faoliyat turini litsenziyalashda oftalmologiya tibbiy buyumlarini chakana realizatsiyasi (optika)

Xabardor qilish tartibini joriy etish orqali bekor qilinadigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar:

  • Ommaviy axborot vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Vakolatli banklar tomonidan naqd xorijiy va (yoki) milliy valutani olib kirishga ruxsatnoma
  • Bank filialini ro‘yxatga olish uchun ruxsatnoma
  • Mehnatni muhofaza qilish sohasidagi xizmatlar bozorining professional ishtirokchilari yagona reyestriga kiritilganligi to‘g‘risida guvohnoma
  • Alkogol mahsulotlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi
  • Umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini sotish huquqi uchun ruxsat guvohnomasi
  • Avtovokzal (avtostansiya) pasporti
  • Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar bilan ishlashning ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma
  • Zargarlik buyumlari va qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotishga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi
  • Avtomototransport vositasi konstruksiyasining va (yoki) uning qismining yo‘l harakati xavfsizligi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida guvohnoma
  • Yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishga ruxsatnoma
  • Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma
  • Milliy muzey fondi tarkibiga kiritilgan muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini tasarrufdan chiqarish yoki universal huquqiy vorislik tartibida yoxud boshqa usulda bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o‘tkazish uchun maxsus ruxsatnoma
  • Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma

Birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadigan litsenziyalanadigan faoliyat turlari:

Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo mikroavtobus hamda avtobuslarda tashish litsenziyasi joriy etilib, quyidagilar bekor qilinadi:

  • Yo‘lovchilarni shaharda avtobuslarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shahar atrofida avtobuslarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shaharlararo avtobuslarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shaharda mikroavtobuslarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shahar atrofida mikroavtobuslarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shaharlararo mikroavtobuslarda tashish

Yo‘lovchilarni shahar, shahar atrofida va shaharlararo yengil avtomobillarda tashish:

  • Yo‘lovchilarni shaharda yengil avtomobillarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shahar atrofida yengil avtomobillarda tashish
  • Yo‘lovchilarni shaharlararo yengil avtomobillarda tashish

Mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash:

  • Mahalliy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash
  • Shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash
  • Xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalash

Mahalliy, shaharlararo, xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish:

  • Mahalliy telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish
  • Shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish
  • Xalqaro telekommunikatsiyalar tarmoqlarini qurish

Mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish:

  • Mahalliy telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish
  • Shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan foydalanish

Mahalliy va shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish:

  • Mahalliy telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish
  • Shaharlararo telekommunikatsiyalar tarmoqlari xizmatlarini ko‘rsatish

Fond birjalari faoliyati:

  • Qimmatli qog‘ozlar bilan birjadan tashqari savdolar tashkilotchisi faoliyati
  • Fond birjalari faoliyati

Veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari, biologik preparatlar va zoogigiyena vositalarini sotish:

  • Veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun biologik preparatlarni sotish
  • Veterinariya preparatlari, shu jumladan veterinariya maqsadlari uchun dorivor vositalar, ozuqa qo‘shimchalari va zoogigiyena vositalarini sotish

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar bilan muomala qilishning boshqa yo‘nalishlari (tashish faoliyatidan tashqari):

  • Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash

Birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadigan ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlar:

Rezident banklar aksiyalarini sotib olishga dastlabki ruxsatnoma joriy etilib, quyidagilar bekor qilinadi:

  • Rezident banklar aksiyalarini sotib olishga dastlabki ruxsatnoma
  • Jismoniy va yuridik shaxslar yoki bir-biri bilan kelishuv yoxud mol-mulkini nazorat qilish orqali bog‘liq bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan bir yoki bir necha bitimlar natijasida bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘ini sotib olishni oldindan kelishish

Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma, bundan past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish mustasno:

  • Past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilardan, xavfli yuklardan tashqari og‘ir vaznli, yirik gabaritli avtomobil transportida tashish yo‘nalishi sxemalarini kelishish
  • Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni avtomobil transportida tashishga ruxsatnoma, bundan past va o‘rta faollikdagi radioaktiv chiqindilarni tashish mustasno

Ixtisoslashgan so‘yish korxonalari hamda hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi:

  • Hayvonotga mansub mahsulot va xomashyolarni ishlab chiqarish, saqlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlar faoliyatining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi
  • Ixtisoslashgan so‘yish korxonalarining veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiqligi haqida veterinariya-sanitariya xulosasi

Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma:

  • Ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun ruxsatnoma
  • Konsert-tomosha tadbiriga bir martalik ruxsatnoma
    • Xalqaro va umumdavlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishga ruxsatnomani kelishish

Veterinariya sertifikati:

  • Veterinariya sertifikati
  • Veterinariya guvohnomasi

Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yo‘l transportida tashishga ruxsatnoma:

  • Portlovchi materiallarni olib kirish, sotib olish, saqlash, shuningdek, avtomobil va temir yo‘l transportida tashishga ruxsatnoma
  • Portlovchi materiallarni saqlash joylaridan foydalanishga guvohnoma

Yer qa'ri bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi xulosasi:

  • Yer qa'ri bo‘yicha geologik materiallarning loyiha-smeta hujjatlarini tasdiqlash haqida qaror
  • Geologiya qidiruv ishlari loyihasini kelishish

Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer ostini o‘rganish ishlari bo‘yicha hisobni yuritish:

  • Foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq yer ostini o‘rganish ishlari bo‘yicha hisobni yuritish
  • Yer osti boyliklarini qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini yer qa'ridan foydalanuvchining hisobidan chiqarishni kelishish

Kon ajratish dalolatnomasi:

  • Konchilik va qayta ishlash korxonasining texnik loyihasini hamda korxonaning foydali qazilmalarini qazib olish loyihasini, shu jumladan konning tajriba sinovini muvofiqlashtirishni kelishish
  • Kon ajratish dalolatnomasi

Obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma:

  • Obektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma
  • Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsatnoma

Izoh:

1) birlashtirilgan litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar ularning amal qilish muddati davomida kuchda bo‘ladi va qayta rasmiylashtirilishi talab etilmaydi;

2) birlashtirilgan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillari uchun undiriladigan davlat boji miqdori birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinayotgan faoliyat turi uchun belgilangan davlat bojining eng kam miqdordagisi saqlab qolinadi.

Top