«Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablarni qisqartirish hamda litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 martdan litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning quyidagi 22 turi bekor qilinadi:

1. Yer qa’ri uchastkasidan foydalanish huquqini (to‘liq yoki qisman) boshqa shaxsga berish maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror;

2. Sug‘urtalovchining ogohlantirish tadbirlari zaxirasidan moliyalashtiriladigan ogohlantirish tadbirlari ro‘yxatini kelishib olish;

3. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish;

4. Turar joyni ijaraga berishning Yagona elektron reyestriga kiritish;

5. Avtotransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarining malakasini oshirish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma;

6. Oftalmologiya tibbiy buyumlarining chakana realizatsiyasi (optika) bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma;

7. Madaniy boyliklarni realizatsiya qilish bo‘yicha faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma;

8. Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasidagi faoliyat uchun litsenziya;

9. Atom energiyasidan foydalanish sohasidagi faoliyat uchun litsenziya;

10. O‘zbekiston hududi va uning ayrim qismlarini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya;

11. O‘zbekiston mintaqalari hududini rivojlantirishni rejalashtirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya;

12. Aholi punktlari hududlarini rivojlantirish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya;

13. Aholi punktlari hududlarini qurish to‘g‘risidagi hujjatlarni ishlab chiqish uchun litsenziya;

14. Pirotexnika buyumlarini yo‘q qilish uchun litsenziya;