17:03 / 26.08.2020
15184
«Mehr-shafqat va salomatlik» jamoat jamg‘armasidagi talon-torojliklar fosh etildi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan O‘zbekiston “Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat jamg‘armasi faoliyati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Mahkama xabariga ko‘ra, jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalar o‘zaro oldindan til biriktirib, dori vositalari va tibbiyot uskunalarini qimmat narxlarda sotib olib, jamg‘armaning 2,8 mlrd so‘m mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan jamg‘arma direktori Asrol Mirzahmedov va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

"Mehr-shafqat va salomatlik" jamoat fondi bir necha yillardan buyon aholining ijtimoiy muhofazaga muhtoj, yakka-yolg‘iz, nogiron qatlamlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

"Har yilgi xarajatlar smetasi bir necha milliard so‘mni tashkil qiladi. Aynan koronavirusga qarshi kurash doirasida bu fondga e'tibor kuchayib, uning ahamiyati keskin oshib ketdi", – degan edi Asrol Mirzahmedov Kun.uz'ga bergan intervyusida.

Top