16:59 / 31.08.2020
3710
Havas diskaunterlar tarmog‘i o‘zbekistonliklarni Mustaqillik bayrami bilan qutlaydi

Havas diskaunterlar tarmog‘i Sizni O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi bilan samimiy qutlaydi. Sizga uzoq umr, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga fayz-u baraka tilaydi. Ishlaringiz o‘ngidan kelishini, niyatlaringiz va orzu-havaslaringiz esa doimo amalga oshishini tilab qoladi.

«Mustaqillik» so‘zi «ozodlik», «adolat» va «rivojlanish» kabi so‘zlar bilan bir qatorda turadi. Mustaqillik – xalqimiz, davlatimiz o‘z taqdirining haqiqiy egasi bo‘lib, munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratdi.

O‘zbekiston suveren davlatga aylanganiga atigi 29 yil bo‘lganiga qaramay, yurtimizda ko‘plab sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi, desak hech mubolag‘a bo‘lmaydi. Oxirgi yillarda ishlab chiqarishni rivojlantirish, katta va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash, shaharlar infratuzilmasini yaxshilash va ko‘plab boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar esa O‘zbekiston Respublikasi bugungi kunda jadal taraqqiy etayotgan davlat deya barala aytishga imkon beradi.

Bugungi kunda davlatimiz tomonidan katta va kichik biznes hamda xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun yaratilgan qulay ishbilarmonlik muhiti ko‘pdan ko‘p yangi kompaniyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Havas diskaunterlar tarmog‘i ham ana shunday kompaniyalardan biri. Xususiy biznes rivojlanishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar aziz hamyurtlarimiz xizmatida bo‘lishga keng imkoniyatlar bermoqda.

Havas diskaunterlar tarmog‘i xalqimiz xizmatida bo‘lishdan faxrlanadi va kelgusida ham yurtimiz aholisini hamyonbop narxlardagi mahsulotlar bilan ta'minlash, yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.

Aziz hamyurtlar, Havas diskaunterlar tarmog‘i sizni yurtimiz ravnaqi poydevori bo‘lmish Mustaqillik bayrami bilan samimiy qutlaydi. Yurtimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga farovonlik, xonadoningizga fayz-u baraka tilaydi. Mustaqillik kuni muborak bo‘lsin!

Facebook: https://www.facebook.com/havasuz/

Instagram: instagram.com/havasuz/

Telegram: https://t.me/havasuz

Koll-markaz: +998 71 205-95-95

Reklama huquqi asosida

Top