00:15 / 06.09.2020
10718
Tixanovskaya Rossiyani Belarus suverenitetini hurmat qilishga chaqirdi
Foto: Global Look Press

Barcha mamlakatlar, jumladan Rossiya Belarus suverenitetiga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi lozim, dedi mamlakat prezidentligiga sobiq nomzod Svetlana Tixanovskaya.

"Men barcha mamlakatlar, jumladan Rossiya, qo‘shni mamlakatlar rahbarlarini xalqimiz suverenitetini hurmat qilishga, mustaqilligimiz sotilmasligi va muhokama qilinmasligini anglashga chaqiraman", - dedi u YouTube orqali savollarga javob qaytararkan.

Rossiya Belarusning amaldagi hukumatini qo‘llab-quvvatlayotganligi borasidagi savolga Tixanovskaya bunga salbiy qarashini aytdi.  

"Bizning xalqlarimiz do‘stlar, biz Rossiya bilan hech qanday munosabatlarimizni to‘xtatmoqchi emasmiz, ammo bizning ichki ishlarimizga aralashishga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", - dedi Tixanovskaya.

U barcha mamlakatlar vakillari bilan muloqotga ochiq ekanligini bildirdi.

"Men bilan ko‘plab mamlakatlar, jumladan, AQSh, Kanada va Yevropa rahbarlari bog‘landi va hech kim bilan muloqotni rad etmadim. Barcha qo‘ng‘iroq qilib belarus xalqini qo‘llab-quvvatlashini aytdi, biz har qanday mamlakat vakillari bilan muloqotga ochiqmiz. Agar Rossiyadan qo‘ng‘iroq qilishsa, albatta muloqot qilamiz", - dedi Tixanovskaya.

Top