Minskda Nexta Telegram-kanalining sobiq boş muharriri Roman Protaseviçga nisbatan çiqarilgan hukm barça belaruslar uçun sinovdir, dedi Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya. "Bugun men har bir belaruslikdan sörayman: özingizga qarang, öz qadriyatlaringizga sodiq qoldingizmi? Çunki ularsiz biz qasoskor, ğayriinsoniy rejimga öxşab qoliş xavfimiz bor. Men sizdan inson bölib qolişingizni sörayman", - deb yozdi u 3 may, çorşanba kuni Telegram sahifasida.

Tixanovskaya siyosiy sabablarga köra hukm çiqariş, qiynoqlar va odam savdosiga qarşi bölgan demokratik harakat qadriyatlarini eslatdi. "Biz demokratiya va qonun oldida hamma teng ekanligi tarafdorimiz. Biz qasos emas, adolat tarafdorimiz. Şuning uçun hozirda Belarusda insoniyatga qarşi jinoyat sodir etgan har bir kişi javobgarlikka tortilişi kerak. Lekin u mustaqil va professional sud bölişi kerak", dedi u Belarusdagi barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişga çaqirib.

Şu kuni Belarus sudi Protaseviçni bir qator jinoyatlarni sodir etişda aybdor deb topdi va 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Avvalroq ayblov bilan çiqiş qilgan prokuratura suddan Nexta sobiq boş muharriri sudgaça bölgan kelişuv şartlarini bajarganligini hisobga olişni söradi. Şunga köra, ayblov uni 10 yilga ozodlikdan mahrum etişni söragan. 

Ayni paytda, Nexta asosçisi Stepan Putilo 20 yilga, Telegram-kanalning sobiq muharriri Yan Rudik esa 19 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Ular xorijda, sirtdan sudlangan.