7 noyabr, seşanba kuni Berlin markazidagi Brandenburg darvozasiga oq-qizil-oq bayroqlar kötargan bir neça önlab odamlar keldi. Mitingda Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya ham iştirok etdi.
Uning sözlariga köra, nemis siyosatçilari bilan uçraşuvlarda pasport va qonuniylaştiriş masalasini kötargan, bu köpçilikni taşvişga solmoqda. Tixanovskayaga köra, Germaniya rasmiylari yaşaş uçun ruxsatnomalarni uzaytiriş maqsadida muddati ötgan Belarus pasportlarini tan oladi. Bundan taşqari, u nemis rasmiylaridan belaruslarning boşpana sörovlarini körib çiqiş jarayonini tezlaştirişni söradi. Tixanovskaya uşbu masalalarni körib çiqiş uçun idoralararo işçi guruh tuzişga intilyapti.
«Berlin devori ogohlantirişsiz qulab tuşdi. Belarus uçun imkoniyatlar darçasi oçilganda, biz tayyor bölişimiz kerak: islohotlar loyihalari tayyor bölişi kerak, xalqaro aloqalarga ega bölişimiz kerak», - deya qöşimça qildi u.
Tixanovskaya Berlinda Yevropa parlamentlari vakillari bilan uçraşdi
Avvalroq u Berlinda Germaniya, Avstriya, Fransiya, Italiya, Ispaniya va boşqa mamlakatlar parlamentlari vakillari bilan uçraşgan edi. Yiğilişda deputatlar Belarusdagi demokratik harakatga qanday yordam berişi mumkinligini muhokama qildi, deb xabar beradi DW muxbiri.
«Demokratik Belarusga pul va vaqt sarflaş - xayriya emas, bu - YeI kelajagi va xavfsizligiga sarmoya», - dedi Tixanovskaya öz nutqida.
U parlament a’zolarini belaruslik siyosiy mahbuslar va muhojirlikdagi belaruslarni qöllab-quvvatlaş masalalarini öz mamlakatlari siyosiy kun tartibiga kiritişga, şuningdek, Aleksandr Lukaşenkoning farmoni tufayli endilikda çet eldagi diplomatik vakolatxonalarda yangi pasport ololmaydigan Belarus fuqarolariga hujjatlarni beriş masalasini körib çiqişga çaqirdi.
22 mamlakat parlamentlarida «Belarus döstlari» guruhlari mavjud, jumladan Germaniyada Bundestag deputatlari taşabbusi bilan «Demokratik Belarus» guruhi taşkil etilgan. Germaniyada 8 noyabr kuni Belarus muammolari böyiça parlament muhokamasi bölib ötadi.

















