Belarusning erkinligi Ukrainaning Rossiya bilan uruşda ğalaba qozonişi zaruriy şartidir, Ukraina va Belarus taqdiri bir-biri bilan çambarças boğliq, dedi Belarus muxolifati yetakçisi Svetlana Tixanovskaya 24 aprel, duşanba kuni Berlindagi «Ozodlikni muhokama qiliş» yillik tadbirida sözlagan nutqida. 

«Erkin Ukrainasiz erkin Belarus bölmaydi va erkin Belarussiz xavfsiz Ukraina bölmaydi», dedi u. Tixanovskaya, şuningdek, u Ukraina tomonida yuzlab belaruslik köngillilar jang qilayotganidan faxrlanişini ta’kidladi. Uning sözlariga köra, Rossiyaning rasmiy ittifoqçisi hisoblangan qöşni davlatdan kamida 18 nafar köngilli Ukrainani himoya qilişda halok bölgan. 

Tixanovskaya Belarus partizanlarini ham eslatdi. «Faqat 2022 yilda Belarus temiryöl partizanlari rus qöşinlarini töxtatiş uçun 80 ta qöporuvçilik harakatlarini amalga oşirdi», dedi Belarus prezidentligiga sobiq nomzod. Uning sözlariga köra, «Rossiyaning genotsid uruşini qöllab-quvvatlovçi (Aleksandr) Lukaşenko rejimi va ukrainaliklar bilan birgalikda jangari imperiyani daf etayotgan belarus xalqini farqlaş muhim». 

Mart oyi boşida Minsk şahar sudi Svetlana Tixanovskayani sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Tergov unga bir vaqtning özida önta ayblov qöydi: unvon va hokimiyatni ruxsatsiz tortib oliş, milliy xavfsizlikka qarşi harakatlarda xorijiy davlatga yordam beriş, hokimiyatni egallab oliş uçun fitna uyuştiriş, nafrat uyğotiş, ekstremistik tuzilma yaratiş, MSK işiga tösqinlik qiliş va boşqalar.