Belarusda fuqarolik jamiyati, ommaviy axborot vositalari va siyosiy mahbuslar hali ham yordamga muhtoj, dedi Belarus muxolifati yetakçilaridan biri Svetlana Tixanovskaya 25 noyabr kuni Karlsrueda «Ittifoq-90»/«yaşillar» partiyasi qurultoyida sözlagan nutqida. Şu bilan birga, u Ğarbni «Belarusni kun tartibidan olib taşlamaslikka» va Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoga qarşi sanksiyalarni kengaytirişga çaqirdi.
«Belaruslar bizning kelajagimiz Yevropada va Yevropa eşiklari biz uçun oçiq ekanligini sizdan eşitişni istaydi», - deya ta’kidladi Tixanovskaya yiğilganlarga murojaat qilib. «Belarus ozod bölmagunça, Yevropa heç qaçon xavfsiz bölmaydi. Şu tariqa, siz Yevropaning kelajagini qöllab-quvvatlaysiz. Bu xayriya emas. Bu Yevropada tinçlik va xavfsizlikka sarmoyadir».
«Belarusni Rossiya çangalidan tortib olişga va Yevropaga olib çiqişga yordam bering. Yevropa kelajagi biz uçun imkoniyat emas, zaruratdir. Agar Belarus mustaqil davlat bölib qolmoqçi bölsa, Yevropa Ittifoqiga qöşiliş bunga erişişning yagona yöli», - deya qöşimça qildi Tixanovskaya.
Tixanovskaya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi haqida
Ukrainadagi uruş haqida gapirar ekan, siyosatçi özini Rossiyadan himoya qilayotgan bu davlatga körsatilayotgan yordam Belarus manfaatlariga javob berişini ta’kidladi. «Köplab belaruslar Ukraina ozodligi uçun kuraşmoqda. Ularning köpi bu kuraşda öz jonini berdi. Çunki bu birovning kuraşi emasligini tuşunamiz - bu bizning ozodlik uçun umumiy kuraşimiz», - deya ta’kidladi Tixanovskaya.
Nemis «yaşillari» 2024 yilgi Yevropa parlamenti saylovlariga borişni rejalaştirgan dastur loyihasida partiya Belarusda demokratiya va inson huquqlari uçun kuraşayotgan «jasur odamlar» bilan birdam ekani aytiladi. «Biz birdamlik körsatişda davom etamiz hamda Belarus fuqarolik jamiyati va muxolifatini qöllab-quvvatlaş, barça siyosiy mahbuslarni ozod etiş, Belarus rejimiga qarşi sanksiyalar, mamlakatda erkin va adolatli saylovlar ötkazilişini faol himoya qilamiz», — deya AFP agentligi uşbu hujjatdan iqtibos keltiradi.
«Yaşillar» saylovoldi dasturiga köra, Aleksandr Lukaşenko Belarusdagi siyosati, şuningdek, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy tajovuzini qöllab-quvvatlagani munosabati bilan «inson huquqlarining jiddiy buzilişi va uruş jinoyatlari»da aybdor. Boşqa narsalar qatori, partiya Yevropa Ittifoqi yuqoridagi jinoyatlar sodir etilganligi töğrisidagi dalillarni töplaş va saqlaşda faol yordam körsatişini yoqlaydi.

















