22:04 / 07.09.2020
4484
Isroilda koronavirus sababli komendantlik soati kiritildi

Isroil hukumati 7 sentyabrdan 40 ta shaharda komendantlik soati kiritdi. Bu haqda Jerusalem Post nashri ma'lum qildi.

Foto: AP

Mamlakatda koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat yomonlashgani sababli kiritilgan komendantlik soati soat 19dan 5gacha amal qiladi. Bu vaqt davomida barcha korxonalar va nooziq-ovqat do‘konlari yopiq bo‘ladi. 
 
Shu bilan birga, oziq-ovqat do‘konlari, dorixonalar va shifoxonalar ishlashda davom etadi. Shuningdek, maxsus ta'lim muassasalaridan tashqari barcha maktablar va oliy ta'lim muassasalari o‘z faoliyatini to‘xtatadi. 

Ayni vaqtda Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 131 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 1022 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda so‘nggi sutkada 178 kishida koronavirus aniqlangan. 

Shuningdek, Isroil million kishiga koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda 1-o‘ringa chiqdi. Isroilda ushbu ko‘rsatkich o‘tgan hafta 199ga yetgan, ya'ni million kishidan 199 nafarida koronavirus aniqlangan.

Taqqoslash uchun shuni keltirish mumkinki, epidemiologik vaziyat dunyodagi eng yomonlaridan biri bo‘lib qolayotgan AQShda ushbu ko‘rsatkich million kishiga 129 nafar kasallanganni tashkil qilmoqda. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top