21:17 / 07.09.2020
2032
Samarqandda FVV xodimlari uyda qamalib qolgan 1 yoshli qizchani qutqarishdi

Samarqand viloyatining Payariq tumanida FVV xodimlari uyda qulflanib qolgan bir yoshli bolani qutqarishdi.

Foto: Samarqand viloyat FVV boshqarmasi

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma'lumotiga ko‘ra, Payariqdagi ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan birida bir yoshli qizcha qulflanib qolgan. Shundan so‘ng, qizchaning ota-onasi zudlik bilan viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qiladi.

Hodisa joyiga yetib borgan xodimlar maxsus narvon yordamida xonadon derazasidan ichkariga kiradi va eshikni ochib, bolani ota-onasiga sog‘-omon topshiradi.

Top