Toşkent şahrida qutqaruvçilar 2 yoşli qizga yordam körsatişdi. Bu haqda FVV xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, 9 fevral kuni soat 19:56da Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazidan Toşkent şahar FVBga 2022 yilda tuğilgan bolaning körsatkiç barmoği temir jismga kirib qolgani va unga yordam kerakligi töğrisida xabar kelib tuşgan.

FVV qutqaruvçilari şifoxonaga zudlik bilan yetib borgan. Qizaloqning barmoğidagi temir jism maxsus asbob-anjomlar yordamida ehtiyotkorlik bilan olib taşlangan hamda u soğ-salomat onasiga topşirilgan.
















