M-39 xalqaro avtomobil yölining Qaşqadaryo va Samarqand viloyatlari çegarasida joylaşgan Taxtaqoraça dovonidan ötgan qismi avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati xabar berişiça, bunga dovonda kuçli qor yoğayotgani sabab bölgan.
“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegişli taşkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etiş borasida keng kölamli profilaktik işlar amalga oşirilmoqda. Taxtaqoraça dovonining qayta oçilişi böyiça FVV Axborot xizmati qöşimça ma’lumot taqdim etadi”, deyiladi xabarda.

















