01:23 / 13.09.2020
8045
Isroil prezidenti arab va musulmon davlatlarini Isroil bilan yarashishga chaqirdi
Foto: Global Look Press

Avgust o‘rtalarida Isroil va BAA tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgandi. 11 sentyabrda esa Bahrayn Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatishga kelishib oldi.

Isroil prezidenti Reuven Rivlin arab dunyosi mamlakatlarini Birlashgan Arab Amirliklari va Bahrayndan o‘rnak olishga hamda yahudiylar davlati bilan yarashishga chaqirdi.

"Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi kelishuv Yaqin Sharqda yangi bob ochdi va biz uning mintaqamizga o‘zgarishlar olib kelayotganini Bahrayn misolida ham ko‘rmoqdamiz. Men boshqa arab va musulmon mamlakatlarini Isroil bilan yarashishga, xalqlar orasidagi tinchlikka, tinchlik evaziga tinchlikka chaqiraman", - deyiladi Rivlinning bayonotida.

11 sentabr kuni Bahrayn Isroil bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida kelishuvga erishdi.

Avgust o‘rtalarida Isroil va BAA tinchlik sulhini tuzish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.

Ta'kidlanishicha, Bahrayn Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan Isroil va BAA o‘rtasidagi kelishuv imzolanishi marosimida ishtirok etadi. Kelishuv 15 sentyabrda Oq uyda imzolanishi kutilmoqda.

Top