00:20 / 14.09.2020
32761
Koronavirus: Davolanayotgan bemorlar soni 3 mingdan ortdi, Samarqandda yana 50dan ortiq kishida virus chiqdi

13 sentabr kuni O‘zbekistonda 573 kishida koronavirus aniqlanib, 491 bemor sog‘aydi, deb ma'lum qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Rasmiy statistikaga ko‘ra, jami holatlar 47 423ta, tuzalganlar 44 002 nafar, qurbonlar esa 392 nafarni tashkil etmoqda. 13 sentabr kuni 6 kishi vafot etgani xabar qilindi. 

Yangi holatlar (+573)

Eng ko‘p holatlar odatdagidek Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga to‘g‘ri kelgan. Ammo Samarqand viloyatida oxirgi uch kundan buyon o‘rtacha 50 kishida virus aniqlanyapti: shaharda 11 sentyabrda 47ta, 12 sentyabrda 53ta, 13 sentyabrda esa 51ta holat qayd etildi.

Ma'lumot uchun, Toshkent shahri va Toshkent viloyatidan keyin COVID-19 eng ko‘p aniqlanayotgan hudud Samarqand viloyati bo‘lib turibdi.

  • Toshkent shahri – 342
  • Toshkent viloyati – 143
  • Samarqand viloyati – 51
  • Andijon viloyati – 17
  • Namangan viloyati – 9
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8
  • Qashqadaryo viloyati – 3

Tuzalganlar (+491)

Tuzalib chiqqanlar jami soni 44 mingdan oshdi.

  • Toshkent shahri – 317
  • Toshkent viloyati – 128
  • Samarqand viloyati – 20
  • Namangan viloyati – 11
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 6
  • Qashqadaryo viloyati – 5
  • Andijon viloyati – 2
  • Farg‘ona viloyati – 2

O‘lim holatlari (+6)

Vazirlik 13 sentabr kuni 6ta o‘lim holati haqida ma'lumot berdi. Rasmiy statistikaga ko‘ra, qurbonlar – 392 nafar.

  • Zangiota tumanida yashagan 83 yoshli B.R. (erkak)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 74 yoshli X.Z. (ayol)
  • Shayxontohur tumanida yashagan 82 yoshli P.X. (erkak)
  • Olmazor tumanida yashagan 48 yoshli S.X. (erkak)
  • Yashnobod tumanida yashagan 70 yoshli X.X. (erkak)
  • Samarqand shahrida yashagan 44 yoshli Z.X. (ayol)

Davolanayotgan bemorlar soni 3 mingdan oshib, 3029 nafarga yetdi. Ulardan 483 nafari og‘ir, 246 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top