11:00 / 20.09.2020
9301
TEAM Universitetida 2020-2021 o‘quv yiliga hujjatlar qabuli davom etmoqda!

COVID-19 pandemiyasi va uning O‘zbekistondagi oliy ta'limga ta'siri sababli, TEAM Universitetida 2020-2021 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilish jarayoni davom etmoqda!

Talabalar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida, bu yil universitet talabalari imtihonsiz qabul qilinadi. Hujjatlarni topshirishning butun jarayoni registration.teamuni.uz maxsus platformasida onlayn tarzda tashkil etilgan.

TEAM Universiteti O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 apreldagi 241-son qarori bilan tashkil etilgan nodavlat oliy ta'lim muassasasidir. Yaqin vaqtgacha mamlakatdagi barcha OTMlar faqat davlatga tegishli ekanligiga odatlanib qolgan ko‘plab ota-onalarni «nodavlat» so‘zi biroz sergaklikka tortishi mumkin. Ammo tashvishlanishga hojat yo‘q.

 

Birinchidan, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan TEAM Universiteti bakalavr va magistrlarni tayyorlash hamda ilmiy izlanishlar olib borish huquqiga egadir.

Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan mazkur universitetga ta'lim faoliyatini boshlash uchun tegishli litsenziya rasmiylashtirildi.

Shuningdek, universitetning diplomi O‘zbekiston Respublikasi hududida hech qanday to‘siqlarsiz oliy ma'lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e'tirof etilishi ko‘rsatilgan.

Ikkinchidan, TEAM Universiteti dunyoning eng yetakchi 1000 ta OTMlari qatoriga kiruvchi Buyuk Britaniyadagi London South Bank University (LSBU) bilan hamkorlik qiladi. Universitet britaniyalik hamkor tomonidan tasdiqlangan dasturlar bo‘yicha uning qoidalari va standartlariga muvofiq ta'lim beradi hamda TEAM Universiteti bitiruvchilari Buyuk Britaniyaning London South Bank University diplomiga ega bo‘ladilar. Buyuk Britaniya universitetlarining diplomlari dunyo miqyosida yuqori nufuzga ega bo‘lgani sababli, universitet bitiruvchilari nafaqat O‘zbekistonda, balki chet ellarda ham o‘qishni davom ettirishi yoki muvaffaqiyatli faoliyat olib borishi mumkin bo‘ladi.

TEAM'da o‘qish davrida talabalar, shuningdek, talabalar almashinuvi dasturi doirasida LSBU'da bir semestr o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Universitetning professor-o‘qituvchilari tarkibi e'tiborga loyiq. Unda butun dunyodan kelgan amaliy va akademik bilimlarga ega insonlar jamlangan. O‘qituvchilar haqida batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali topishingiz mumkin.

TEAM Universiteti talabalari GEN (Global Entrepreneurship Network), ya'ni Global Tadbirkorlik Tarmog‘i doirasida o‘tadigan o‘nlab startap tadbirlarda, biznes inkubatorlarida, chet el safarlarida va investorlar bilan uchrashuvlarda ishtirok etib, amaliy tajribalarini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

  • O‘qishning birinchi yilida – har bir talaba uchun 20.650.000 so‘m miqdoridagi grantlar beriladi (grantni hisobga olganda shartnoma narxi 38.350.000 so‘m);
  • Har bir talaba barcha fanlardan imtihonlarni o‘z vaqtida topshirsa, 2-3-4-kurslarda grantni saqlab qoladi, 50% va 100% miqdoridagi grantlarga da'vogarlik qila oladi;

Bugungi kunda TEAM Universiteti iqtidorli talabalarga amaliyot va stajirovkani o‘tash uchun imkoniyatni taqdim etishga tayyor 15 dan ziyod yirik kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. O‘z navbatida, TEAM murabbiylari jamoasi talabalarga yordam berib, ularga qanday qilib o‘zlarini ish beruvchiga to‘g‘ri namoyon etishni va rezyumelarni xatosiz yozishni o‘rgatadi.

Siz hoziroq TEAM Universitetiga hujjat topshirishingiz mumkin bo‘lib, butun jarayon teamuni.uz saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi. Universitetga kirish uchun siz faqat anketani to‘ldirishingiz va pasportingiz nusxasi, o‘rta yoki o‘rta maxsus ma'lumotingiz to‘g‘risidagi guvohnomangizning nusxasini va CEFR B2, IELTS (minimum score 5,5), Duolingo (minimum score 90) va shu kabi sertifikat nusxasini onlayn shakl orqali yuklashingiz lozim.

Batafsil: www.teamuni.uz

Instagram sahifa: @teamuni_uz

Facebook sahifa: fb.com/teamuniversityuz

YouTube kanal: youtube.com/TEAMuniversityuz

Telegram kanal: t.me/TEAMuniversityuz

Telegram orqali murojaat qilish: @teamuni_uz

Reklama huquqi asosida

Top