O‘zbekistondagi birinchi tadbirkorlik oliy ta’lim muassasasi sanalgan TEAM University o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. 2021-2022 o‘quv yilida TeAM University 450 nafar talabani qabul qiladi va ular orasida o‘qish xarajatlarining 100 foizigacha qamrab oladigan turli xil grantlar o‘ynaladi.

TEAM University haqida

O‘tgan yili London South Bank University bilan hamkorlikda tashkil etilgan TeAM University tadbirkorlik oliy ta’lim muassasasi hisoblanib, o‘z startap-g‘oyalarini yaratish va ularni O‘zbekiston iqtisodiyotini faol rivojlantirish uchun amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, tadbirkorlarga xos fikrlaydigan oliy malakali kadrlarni tayyorlashni maqsad qilgan.

TeAM'ning kuchli tomonlari:

  1. Birinchi yildan amaliyot;
  2. Buyuk Britaniyaning ta’lim standartlari;
  3. Nufuzli o‘qituvchilar jamoasi;
  4. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar bilan aloqa o‘rnatish;
  5. Faol ijtimoiy hayot.

TEAM University bu yil abituriyentlar va talabalarga qanday moliyaviy imtiyozlarni taqdim etadi?

Umuman olganda, TeAM University 2021-2022 o‘quv yilida o‘qishga qabul qilinish uchun hujjat topshiradigan abituriyentlar, shuningdek universitetning joriy talabalari uchun 51 ta turli ta’lim grantlarini taqdim etadi. Grantlarga qo‘shimcha ravishda, TeAM University ushbu o‘quv yilidan boshlab ta’lim chegirmalari tizimini joriy etadi.

Bu yil TeAM University ta’lim grantlarining 3 turini olish imkoniyatini taqdim etadi: