TEAM universiteti Pre-University tayyorlov kursiga kirish uchun 2021 yil 1 noyabrgacha arizalarni qabul qiladi.

Pre-University tayyorlov kursi haqida

Pre-University tayyorlov kursining asosiy maqsadi tinglovchilarni TeAM Universiteti bakalavriat dasturlariga kirish uchun tayyorlashdan iborat.

Kursning davomiyligi 9 oy bo‘lib, unda talabalar ingliz tili bo‘yicha o‘z bilimlarini oshiradilar, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash va taqdimot mahorati kabi asosiy ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, tayyorlov kursi TeAM bakalavriat dasturlari bilan bir xil bo‘lgan Buyuk Britaniya ta’lim standartlariga muvofiq ishlab chiqilgan.

Pre-University tayyorlov kursida dasturning butun davri uchun o‘qish narxi – 4 950 000 so‘m. To‘lovni qismlarga bo‘lib amalga oshirish mumkin.

Pre-University tayyorlov kursini muvaffaqiyatli tugatgan talabalar avtomatik ravishda TeAM universiteti bakalavriat dasturlariga qabul qilinadi.

Pre-University tayyorlov kursining boshlanish sanasi – 2021 yil 1 noyabr. Talabalar TeAM Universiteti talabalari uchun mavjud bo‘lgan barcha imtiyozlardan foydalanishlari mumkin. Imtiyozlar orasida quyidagilar bor:

  • Universitet talabalari hayoti bilan yaqindan tanishish;
  • Muvaffaqiyatli tadbirkorlar va mutaxassislar bilan biznes nonushta;
  • Universitet Axborot-resurs markaziga to‘liq kirish imkoniyati;
  • Universitet sport infratuzilmasidan foydalanish, universitet klublari va kampusdagi barcha tadbirlarda ishtirok etish imkoniyati;
  • Shaxsiy ID-karta va ruxsatnoma, shuningdek, universitetning o‘quv platformasida akkaunt.

Pre-University kursiga kirish imtihoni

Pre-University tayyorlov kursiga kirish uchun nomzodlar ingliz tilini bilish darajasini namoyish etishlari kerak. Nomzodlar ingliz tili bo‘yicha kirish imtihonini topshirishlari mumkin. Imtihon