TEAM Universiteti qishki hujjatlarni qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

O‘qish 2021 yil fevralda boshlanadi va 2021 yil avgustgacha davom etadi. Shu tariqa, talaba 2021 yil sentabr oyida ikkinchi kursga o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Qishki qabul (winter intake) nima?

Mamlakatimizdagi davlat universitetlaridan farqli o‘laroq, xalqaro universitetlar talabalarni yiliga 2 marta – yozda va qishda qabul qilishini e’lon qiladi. Ushbu jarayon chet el universitetlarida azaldan qo‘llanib kelinadi. Pandemiya davrida bu ayniqsa muhimdir, chunki barcha talabalar ham ushbu o‘quv yilida o‘qishni boshlay olmadilar.

TEAM Universiteti shu yil kuzda OTMga kirmagan talabalarga 2021 yil fevraldayoq International Foundation Course kurslarida o‘qishni boshlashni va bir yilni behuda sarflamaslikni taklif etadi!

TEAM Universiteti dunyoning eng yaxshi 1000 ta yetakchi universitetlaridan biri bo‘lgan London South Bank University bilan hamkorlik qiladi. TEAM Universitetining bitiruvchilari Britaniyaning London South Bank University diplomiga ega bo‘ladilar.

TEAM Universiteti talabalarga O‘zbekistondagi o‘xshashligi bo‘lmagan uchta yo‘nalish bo‘yicha o‘qitishni taklif etadi:

  • Tadbirkorlik va xalqaro biznes;
  • Tadbirkorlik va raqamli innovatsiyalar;
  • Tadbirkorlik va kreativ sohalar;

O‘qish narxi: 38 350 000 so‘m

Bo‘lajak talabalarga qulaylik yaratish maqsadida shartnomani foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun turli variantlar mavjud.

TEAM Universitetining talabasiga aylanish uchun abituriyent quyidagi sertifikatlardan biriga ega bo‘lishi kerak: