15:10 / 26.09.2020
5360
Livan yana bosh vazirsiz qoldi

 Qayd etilishicha, siyosatchi yangi hukumatni shakllantirish atrofidagi siyosiy kelishmovchilik sababli shu qarorga kelgan.

Foto: Reuters

Livan yana bosh vazirsiz qoldi — 31 avgustda bosh vazir vazifasini bajarishga kirishgan Mustafo Adib iste'foga chiqqanini e'lon qildi. Bu haqda Al Arabiya xabar bermoqda.

 Qayd etilishicha, siyosatchi yangi vazirlar mahkamasini shakllantirish atrofidagi siyosiy kelishmovchilik sababli shu qarorga kelgan. Adib fraksiyalar bir to‘xtamga kela olmagani uchun uzr so‘radi.

 Adib yangi hukumatni shakllantirishi lozim edi, shundan keyin islohotlar o‘tkazishni rejalashtirgandi. 

 Hukumatning avvalgi tarkibi 10 avgustda iste'foga chiqqandi. Bunga bir necha kun davom etgan norozilik namoyishlari sabab bo‘ldi. 

Top