09:01 / 30.09.2020
24016

Avgust oyida O‘zbekistonda qancha tug‘ilish qayd etilgani ma'lum qilindi

1897 yilda O‘zbekiston hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan bo‘lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi soniga teng degani.

Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 2020 yilning 8 oyida respublika bo‘yicha 525 280ta tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 18 912taga ko‘p.

Joriy yilning avgust oyida respublika bo‘yicha 83 925ta tug‘ilish holatlari qayd etilib, respublika bo‘yicha eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida (9 585ta) kuzatildi.

O‘tgan 8 oy mobaynida FHDYo organlarida qayd etilgan tirik tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand – 63 573ta, Farg‘ona – 58 774ta, Qashqadaryo – 55 774ta va 50 601ta bilan Andijon viloyatlari yuqori o‘rinni egallagan.

Ma'lumot o‘rnida, 1897 yilda O‘zbekiston Respublikasi hududida aholi soni 3,9 mln. kishini tashkil etgan bo‘lib, bu hozirgi Samarqand viloyati aholisi (3,9 mln. kishi) soniga teng degani.

Top