23:09 / 03.10.2020
11102

OAV Trampda nafas olish bilan bog‘liq muammolar bo‘lganligi haqida xabar berdi

Trampning shifokorlari matbuot anjumani vaqtida unga kislorod berilgani to‘g‘risidagi savolga javob berishmadi va "ayni paytda" Trampga kislorod berilmayotganini aytishdi.

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp shifoxonaga yotqizilishidan oldin unga Oq uyda kislorod berilgan. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib ABC News xabar bermoqda.

"Trampga yaqin manbalar prezidentda nafas olish bilan bog‘liq muammolar bo‘lgani va u Oq uyda qo‘shimcha kislorod olgani haqida  ma'lum qildi", - deb xabar beradi telekanal.

Trampning shifokorlari matbuot anjumani vaqtida unga kislorod berilgani to‘g‘risidagi savolga javob berishmadi va "ayni paytda" Trampga kislorod berilmayotganini aytishdi.

Donald Trampning ahvolidan xabardor bo‘lgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi sutkada uning holati "katta tashvish uyg‘otgan".

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top