16:48 / 08.10.2020
7651
Olimlar qisqa muddatli karantin zararli ekanini aytishdi

Olimlarning qayd etishicha, cheklovlar bekor qilinganida aholining katta qismi virus qarshisida ojiz qoladi, shuningdek, allaqachon kasallik yuqtirganlar soni saqlanib qoladi.

Foto: YeRA/TASS

Qisqa muddatli lokdaunlar aholining himoyasini zaiflashtiradi, COVID-19 pandemiyasi davomiyligini uzaytiradi va o‘limlar soniga oshishiga olib keladi, demoqda Edinburg universiteti ekspertlari. Tadqiqot natijalari haqida Sky News xabar berdi.

"Ushbu tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, zudlik bilan karantin joriy etilishi intensiv davolash bo‘limlarida joyga bo‘lgan yuqori talabni pasaytirish nuqtai nazaridan samarali, ammo shu bilan birga u epidemiya cho‘zilishiga, ayrim hollarda o‘limlar soni oshishiga olib  keladi", - deya tadqiqotdan iqtibos keltiradi telekanal.

Olimlarning qayd etishicha, cheklovlar bekor qilinganida aholining katta qismi virus qarshisida ojiz qoladi, shuningdek, allaqachon kasallik yuqtirganlar soni saqlanib qoladi. Bu esa epidemiyaning ikkinchi to‘lqiniga, keyinchalik yangi o‘limlarga olib keladi, deb yozadi olimlar.

Ularning fikricha, koronavirusdan o‘limlar soni bemorlar soniga emas, balki ularning yoshiga ko‘proq bog‘liq.

"Karantin mavjud inqirozga chek qo‘yadi, ammo uzoq muddatli yechim emas", dedi tadqiqot natijalarini izohlagan Edinburg universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha professori Mark Vulxaus.

Worldometers sayti ma'lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirus yuqtirganlar soni 36,4 milliondan oshgan, 1 milliondan ortiq o‘lim qayd etilgan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top