23:14 / 08.10.2020
25098
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi tasdiqlandi: abituriyentlar tanlagan yo‘nalishida super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin

Joriy yil uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi tasdiqlandi. Abituriyent o‘zi tanlagan 5ta yo‘nalishdan bir nechtasiga grant yoki to‘lov-shartnoma asosida qabul qilingan, lekin balli yetmagan yo‘nalishda o‘qishni xohlasa, o‘sha yo‘nalishda super-kontrakt asosida o‘qishi mumkin.

Foto: KUN.UZ

Ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining bayoni qaroriga muvofiq, talabalikka tavsiya etilmagan bakalavriat abituriyentlariga ro‘yxatdan o‘tish mobaynida tanlagan ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi yoki beshinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Bunda abituriyentlarning to‘plagan balli asos sifatida olinib, qabul murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, ballar ketma-ketligiga qat'iy rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Shuningdek, bakalavriatda ikkinchi-beshinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga birinchi bakalavriat ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tabaqalashtirilgan (super-kontrakt) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga ruxsat berildi.

Top