20:00 / 14.10.2020
9964
Koronavirus eshitish qobiliyati uzoq muddatga yo‘qolishiga olib kelishi mumkin

Koronavirus bilan kasallangan britaniyalik 45 yoshli erkak eshitish qobiliyatini to‘liq yo‘qotdi. Shifokorlarning fikriga ko‘ra, bu amaliyotdagi birinchi holat. 

Ba'zan virusli infeksiya keltirib chiqaradigan asoratlar qatoriga kutilmagan holatda eshitish qobiliyati yo‘qolishi ham kiradi, ammo bu koronavirus holatida hali tibbiy amaliyotda qayd etilmagan. 

Shu bilan birga, mutaxassis-otorinolaringologlar steroidlarni o‘z vaqtida qo‘llash orqali eshitish qobiliyatini yo‘qotishning oldini olish mumkinligini ta'kidlashmoqda. 

Quloqda shovqin ko‘tarilishi ogohlantiruvchi belgidir
Astmadan aziyat chekuvchi bemor London kasalxonalaridan biriga Covid-19 alomatlari bilan olib borildi va nafas olishda qiyinchiliklar tufayli reanimatsiyaga yotqizildi.

Sinovlar virus tashxisini tasdiqladi va bemor sun'iy nafas olish moslamasiga ulandi. Unga bir necha dorilar buyurilgan, shuningdek, qon quyilgan. So‘ngra u tuzala boshlagan va 30 kundan keyin sun'iy nafas oldirish apparatidan uzilgan. 

Biroq, reanimatsiyadan chiqqanidan bir hafta o‘tgach bemor quloqlarida shovqin his qila boshlaydi, keyinchalik chap qulog‘i eshitmay qoladi.

Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, eshitish qobiliyati yo‘qolishi, yo asab yo o‘rta quloq yoxud ikkisining ham shikastlanishi natijasidir, na yallig‘lanish va na eshitish kanalining tiqilib qolishi sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Shifokorlar bu kabi shikastlanishning yagona ehtimoliy sababi Covid-19 ekanligini ta'kidlashmoqda.

Steroid tabletkalari va inʼeksiyalaridan so‘ng, eshitish qobiliyati qisman qaytgan, ammo to‘liq tiklanishning iloji bo‘lmagan.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, virus sirtidagi retseptorlari tufayli o‘pka hujayralarining ayrim turlariga kirib, ularni zararlashi mumkin. 

Xuddi shu retseptorlar o‘rta quloqni qoplagan hujayralar yuzasida ham joylashgan. 

Shu sababli, endi shifokorlarga koronavirus bilan og‘rigan bemorlarda kuzatilayotgan eshitish muammolariga alohida e'tibor qaratish va u to‘satdan yo‘qolgan taqdirda, eshitish qobiliyati uzoq muddatga yo‘qolishining oldini olish uchun bemorni zudlik bilan tegishli mutaxassislarga yo‘naltirish tavsiya etiladi.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top