Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel: IShID tahdidi saqlanib qolmoqda
Germaniya kansleri Angela Merkel Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy bilan uchrashuvi oldidan Berlinda qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazdi.

Merkel xonim Germaniya Iroqni barqarorlashtirish, iqtisodiyot va xavfsizlik uchun ushbu mamlakatni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirgan.
«IShID mintaqada va mintaqadan tashqarida tahdid bo‘lib qolmoqda», degan Merkel va IShIDga qarshi kurash tugamaganini qayd etgan.
Germaniya kansleri o‘z mamlakati IShIDga qarshi koalitsiya doirasida Iroq barqarorligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini ta'kidlagan.
U Iroq hukumatining islohotlarni amalga oshirish istagidan mamnunligini va 2021 yil iyun oyida Iroqda bo‘lib o‘tadigan saylov kuni odamlarning davlat muassasalariga bo‘lgan ishonchini oshirishi mumkinligini aytgan.
Kazimi bilan uchrashuvda iqtisodiy, mintaqaviy va xavfsizlik masalalari muhokama qilingan.
Iroq bosh vaziri Germaniyaning IShIDga qarshi va mintaqani barqarorlashtirish uchun olib borayotgan sa'y-harakatlarini yuqori baholashini bildirgan. U qochqinlar va ichki migratsiya kabi ko‘plab sohalarda Germaniya bilan hamkorlik qilishni istashlarini ham ta'kidlagan.
Shuningdek, nemis kompaniyalarini «Iroqdagi energiya infratuzilmasi sohasiga sarmoya kiritishga» chaqirgan.
Tavsiya etamiz
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
20 iyuldan boshlab 1-2 kunga xorijga chiqqanlar O‘zbekistonga bojsiz tovar olib kirolmaydi
Iqtisodiyot | 19:31 / 15.07.2025
Bolalarni itdek vovullatgan «defektolog»ga yangi jinoiy ish ochildi
Jamiyat | 18:06 / 15.07.2025
Etihad Airways O‘zbekistonga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 15:18 / 15.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
O‘zbekiston bo‘ylab o‘rnatilgan radarlar ro‘yxati ochiqlandi
O‘zbekiston | 15:49
-
Aholiga tegishli avtomashinalar soni ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 15:33
-
Oq uy: Trampda surunkali venoz yetishmovchiligi bor
Jahon | 15:02
-
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatga sayohat qilayotgani ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston | 14:56
Mavzuga oid

19:10 / 04.07.2025
IShID va ash-Shar’aning maqsadlari ayro, Suriyadagi o‘zbeklar-chi?

11:24 / 02.06.2025
Turkiya va Pokiston razvedka xizmatlari IShID yetakchilaridan birini qo‘lga oldi

20:56 / 30.05.2025
Suriyada IShID faollashgani ma’lum bo‘ldi

21:21 / 14.03.2025