20:29 / 29.10.2020
6057

Google’ning internet tarqatuvchi havo shari rekord o‘rnatdi

Google’ning chekka hududlarda internet tarqatuvchi havo shari stratosferada qolish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

Foto: Videodan kadr

Google’ning chekka hududlarda internetga kirishni ta'minlash bilan shug‘ullanuvchi sho‘'ba kompaniyasi Loon LLC havo sharlarining stratosferadagi parvozi davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatdi

Kompaniya havo shari osmonda 312 kun qolgan. Bu esa avvalgi rekorddan 89 kun ko‘proqni tashkil qiladi. Shar Puerto-Rikoda havoga uchirilgan, so‘ngra u Peruga yo‘llangan va u yerda 3 oy davomida internetga kirish nuqtasi sifatida xizmat qilgan. Shundan keyin shar Janubiy Atlantika, Hind okeanini kesib o‘tib, Meksikaga yo‘nalgan. 10 oy davomida havo shari umumiy hisobda 135 ming mil (217 ming km) uchib o‘tgan. 

Loon texnik direktori Salvatore Kandidoning ma'lum qilishicha, shar stratosferada maxsus dizayn va materiallar evaziga bunday uzoq vaqt qola olgan. 

Muhandislar kelgusida qurilma konstruksiyasiga tegishli tuzatishlar kiritish uchun uning telemetriyasi ortidan kunbo‘yi kuzatuv olib borishgan.

Top