16:09 / 29.10.2020
9716
Koronavirus testi natijalarini Telegram orqali olish imkoniyati yuzaga keldi

Pandemiya e'lon qilingandan so‘ng, Sog‘liqni saqlash vazirligining AKTni rivojlantirish (ITMed) markazi xodimlari koronavirus bo‘yicha PZR-testlar natijalari bo‘yicha statistik ma'lumotlarni yig‘ish va umumlashtirishga xizmat qiladigan coronavirus-test.uz axborot tizimini ishlab chiqib, joriy etgan edi.

Bundan avval, koronavirusga PZR test topshirganlar bir necha kundan keyin laboratoriyadan test natijalarini olish uchun shaxsan o‘zi kelishi talab etilar edi. Bu holat laboratoriyalarda odamlarning tirbandliklarini yuzaga keltirardi, laboratoriyalarning o‘zi esa natijalarni chop etish va bemorlarga yetkazish uchun uzoq davom etadigan jarayonni boshdan kechirardilar. Yuqoridagi jarayonlarni soddalashtirish va bemorlar tomonidan Covid-19 uchun PZR testi natijalari tezda olinishini ta'minlash maqsadida @coronavirustest\_testingbot maxsus Telegram-bot yaratildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, endi Covid-19’ga PZR testi topshirgan fuqarolar uylaridan chiqmagan holda test natijalarini bilib olishlari va test natijalari aks etgan rasmiy blankni masofadan turib yuklab olishlari mumkin.

Buning uchun @coronavirustest_testingbot Telegram-botiga kirish va namuna topshiruvchining pasport ma'lumotlarini AB1234567 formatida botga yuborish talab qilinadi. So‘ng KUN.OY.YIL formatida tug‘ilgan yili sanasini kiritadi. Telegram-bot PZR testi natijasini («Manfiy» yoki «Musbat») aks ettiradi va rasmiy shaklni (blank) yuklab olish va chop etish mumkin bo‘lgan havolani taqdim etadi.

Covid-19’ga PZR testi natijalarini tasdiqlash uchun berilgan ushbu rasmiy shaklda, elektron tarzda o‘qiladigan QR-kod mavjud bo‘lib, u Covid-19 uchun PZR testi natijalari taqdim etish zarur bo‘lgan joylardan (masalan, aeroportlarda) o‘tishni ancha tezlashtiradi.

Hozirda koronavirus-test.uz axborot tizimiga quyidagi 40ta laboratoriya ulangan bo‘lib, ularda Covid-19’ni aniqlash uchun topshirilgan PZR testlari natijalarini @coronavirustest_testingbot Telegram-boti orqali bilish mumkin:

  • Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Respublika virusologiya ilmiy tekshirish instituti;
  • Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;
  • Sirdaryo viloyati SEO va JSX;
  • Xorazm viloyati SEO va JSX;
  • Buxoro viloyati SEO va JSX;
  • Jizzax viloyati SEO va JSX;
  • Toshkent viloyati SEO va JSX;
  • Andijon viloyati SEO va JSX;
  • Surxondaryo viloyati SEO va JSX;
  • Navoiy viloyati SEO va JSX;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi SEO va JSX;
  • Toshkent shahri OITSga qarshi kurashish markazi;
  • Buxoro viloyati OITSga qarshi kurashish markazi;
  • Respublika Innovatsion texnologiyalar Vazirligi xuzuridagi ilg‘or texnologiyalar markazi;
  • «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ markaziy poliklinikasi;
  • Hi Tech Laboratories;
  • Vitros Diagnostics;
  • The Free-Joy Medical Laboratory;
  • Doctor-Di Gospital;
  • Repro Test;
  • Sog‘lom tabassum;
  • Intermed Innovation;
  • Biotest Medical;
  • Biogen Med;
  • Defactum Laboratories;
  • Eurolab;
  • «Genotexnologiya»;
  • Gamma Med Clinic”;
  • Fergana Primus Diagnostic Innovation Med;
  • Jacksoft Medical Diagnostics Services;
  • Medical Centre (Nukus);
  • Parizoda Medical Service;
  • «Tibbiyot dunyosi»;
  • Hana Itc;
  • Alfa Diagnostic;
  • «Samarqand tibbiyot diagnostika»;
  • Gemo-Test;
  • «Assalom laboratoriya diagnostika markazi»;
  • Ideal Diagnostic.
Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Top