07:54 / 04.11.2020
7913
Dunyoda rekord sonda haftalik kasallanish holatlari qayd etildi
Foto: IZVeSTIYa

Dunyoda o‘tgan hafta ichida koronavirusga chalinganlar soni 3,3 mlnga ko‘paydi. Bu esa pandemiya boshidan beri rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. O‘limlar umumiy soni 45 mingdan ko‘proqqa ortgan. O‘tgan hafta undan bir hafta oldingiga nisbatan 9 mingta ko‘proq o‘lim qayd etilgan

JSSTda xabar qilinishicha, kasallanish sur'atlarining oshishi Yevropada ayniqsa sezilarli bo‘lgan. Bu yerda bir hafta oldingiga nisbatan kasallanish holatlari 22 foizga o‘sgan va 1,7 mlndan ko‘proqni tashkil qilgan. 

Avvalgi haftalik kasallanish holatlari bo‘yicha antirekord 19 oktyabrdan 25 oktyabrgacha davrda qayd etilgandi va 2,8 mlndan ko‘proqni tashkil qilgandi.

Shimoliy Amerikada 26 oktyabrdan 1 noyabrgacha davrda 999 mingdan ko‘proq kasallanish holati, 17 mingdan ko‘proq o‘lim qayd etilgan. Bu mintaqada kasallanganlar soni umumiy hisobda 20 mlndan, o‘limlar soni 639 mingdan oshdi.

Yevropada o‘tgan hafta ichida 1,7 mlndan ko‘proq kasallanish holati qayd etilgan va umumiy kasallanganlar soni 11 mlndan oshgan. O‘lim holatlari 17 mingtaga ko‘payib, jami 285 mingdan oshgan. 

Janubi-Sharqiy Osiyoda bir hafta ichida 381 mingdan ko‘proq kishi virusga chalingan va ularning umumiy soni 9 mlndan oshdi. Vafot etganlar soni bir hafta ichida 4,6 mingga ko‘payib, jami 144 mingdan oshgan.

AQShda o‘tgan hafta kasallanganlar soni 549 mingga, Hindistonda 319 mingga, Braziliyada esa 162 mingga ko‘paygan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyoda virusga chalinganlar soni 47,8 mlndan oshib ketdi, o‘limlar soni 1,22 mlntani tashkil qilmoqda.   

Top