08:26 / 05.11.2020
12690
G‘ozg‘on shahar rahbarlari tayinlandi

Navoiy viloyati G‘ozg‘on shahar kengashining tashkiliy sessiyasida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi.

Viloyat hokimligi xabariga ko‘ra, Azim Doniqulovich Bozorov G‘ozg‘on shahar hokimi lavozimida ish boshladi.

Shuningdek, Baxtiyor Normurodovich Isoqov G‘ozg‘on shahar prokurori, Azim Bahronovich Muhiddinov G‘ozg‘on shahar IIB boshlig‘i etib tayinlandi.

Bundan tashqari, Oybek Obloqulovich Jo‘raqulov G‘ozg‘on shahar DSI boshlig‘i lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyi oxirlarida Vazirlar Mahkamasining «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Top