Vazirlar Mahkamasining «Navoiy viloyati tarkibida G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 2 maydagi 2491-III-son qaroriga hamda Oliy Majlis Senatining «Navoiy viloyati Nurota tumani G‘ozg‘on shaharchasini G‘ozg‘on shahri etib o‘zgartirish, G‘ozg‘on shahrini viloyat bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish hamda Navoiy viloyati Nurota tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risida» 2019 yil 3 maydagi SQ-419-III-son qaroriga muvofiq Navoiy viloyati bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahri tashkil etilgan.

Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligi tashkil etilmoqda.

Quyidagilar:

G‘ozg‘on shahar hokimligi boshqaruv apparatining namunaviy tuzilmasi;

G‘ozg‘on shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining bo‘linmalari va boshqaruv xodimlarining soni tasdiqlandi.

Belgilanishicha, G‘ozg‘on shahrida joylashgan davlat organlari va tashkilotlarining boshqaruv xodimlari vazirliklar va idoralarning umumiy shtat birliklari doirasida kiritiladi.

O‘zbekiston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari A.J. Ramatov:

o‘n kun muddatda Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahar hokimligini tashkil etish bilan bog‘liq zarur tashkiliy-texnik tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlaydi;

bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahri budjetining prognoz parametrlarini belgilaydi;

Navoiy viloyati hokimligi bilan birgalikda G‘ozg‘on shahrini tashkil etish davrida iqtisodiyot tarmoqlarining aniq, barqaror va bir maromda ishlashini, shuningdek, yuzaga keladigan ijtimoiy masalalarning o‘z vaqtida hal etilishini ta'minlaydi;

Navoiy viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda Navoiy viloyati tarkibida viloyat bo‘ysunuvidagi G‘ozg‘on shahri tashkil etilishi munosabati bilan yangidan tashkil etilayotgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hududiy tuzilmalarini ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan malakali kadrlar bilan to‘ldirish, shuningdek, Nurota tumanidagi mavjud shtatlarni qisqarishi natijasida bo‘sh qolayotgan shaxslarni ishga joylashtirish chora-tadbirlarini ko‘radi;