16:30 / 13.11.2020
7825
Reklama

Akfa Lighting LED: 10 yil yo‘lingizni yoritib!

«Akfa Lightning LED» kompaniyasi o‘zining birinchi yubileyini nishonladi. Uzoq yo‘lni bosib o‘tgan va nafaqat O‘zbekistonni, balki qo‘shni davlatlarni ham «yoritgan» kompaniya. Uning yaratilishi, rivojlanishi va tadbirlari to‘g‘risida bizning materiallarimizda batafsil tanishing.

11 noyabr kuni ajoyib tadbir bo‘lib o‘tdi: «Akfa Lightning LED» kompaniyasi o‘zining birinchi o‘n yilligini nishonladi. Tadbirda dastlabki 10 yillik ishlar yakunlari sarhisob qilindi va kelajak rejalari aniqlandi. Shuningdek, kompaniyaning yaratilishi va rivojlanishiga hissa qo‘shgan xodimlarga esdalik sovg‘alarini topshirildi.

Yaratilish va rivojlanish tarixi

Kompaniya o‘z faoliyatini 2010 yildan  boshladi. O‘shanda asos solingan «Akfa Lightning» – energiya tejovchi lampalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan edi. Kompaniya o‘z oldiga O‘zbekiston aholisining uzoq ishlatiladigan va ishonchli yorug‘lik manbalariga bo‘lgan iste'mol talabini to‘liq qondirishni maqsad qilib qo‘ygan edi. Ammo O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan lampalarga bo‘lgan talab, tez orada mamlakatimizdan tashqarida ham oshib bordi!

O‘sha vaqtda «Akfa Lightning»  spiral lyuminessent lampalar ishlab chiqaruvchi Markaziy Osiyodagi yagona kompaniya edi. Kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan lampalarning birinchi modeli: Full spiral deb nomlanar edi. Oradan bir yil o‘tib, 2011 yilda ishlab chiqarish kengaytirildi va bozorga yana ikki turdagi energiya tejovchi lampalar modellari: «Half spiral» va «U-tube» chiqarildi. Shu narsani qayd etib o‘tish lozimki, 10 yil ichida ishlab chiqariladigan mahsulotlar assortimenti 100 barobardan ortiqqa ko‘paydi va hozirda 300 dan ortiq mahsulot turlari mavjud.

Ishlab chiqarilgan mahsulotning yuqori sifati «Akfa Lightning»ga xalqaro bozorga chiqish va butun MDH hududida lampalarni eksport qilish imkoniyatini yaratdi. O‘shanda lampochkalar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Ozarboyjon va Ukrainaga eksport qilina boshlandi. Qo‘shni davlatlardagi xaridorlar lampalarga yaxshi baho berishdi va bugungi kunda ham ularni xarid qilishda davom etmoqdalar!

Bozor va texnologiyalar bir joyda turmaydi, shu sababli, «Akfa Lightning» o‘z rivojlanish yo‘lida davom etdi va 2014 yilda «LED» texnologiyasi bo‘yicha innovatsion lampalarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi. Aynan shu holat, Kompaniya rivojlanishining yangi yo‘nalishi va rebrending sababchisi bo‘lib xizmat qildi, shu davrda kompaniya nomi o‘zgardi va bugungi kunda biz biladigan «Akfa Lighting LED» kompaniyasiga aylandi. Rebrending omadli o‘tdi va yangi nom ostida kompaniya o‘z mahsulotlari qatorini ancha kengaytirdi.

2017 yilgacha, kompaniya LED-lampalarni ishlab chiqaruvchi birinchi va yagona kompaniya bo‘lib qoldi.  «Akfa lighting LED»  tarixi nafaqat O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo uchun ham betakrordir. Kompaniya hududdagi ko‘p sonli davlatlarga eksportni rivojlantirgan, doimo o‘zining yuqori mavqedagi ishonchliligi va sifatini isbotlab keluvchi kompaniyalardan biridir!

Agar siz « Akfa Lighting LED» ishlab chiqargan lampalarni biror marta ham xarid qilmagan bo‘lsangiz ham, siz aynan shu kompaniya ishlab chiqargan mahsulotlarni bir necha marta ko‘rgansiz va ulardan foydalangansiz. Bir necha yildan buyon, « Akfa Lighting LED» kompaniyasida ishlab chiqarilgan yorug‘lik manbalari, O‘zbekistonning barcha katta savdo markazlarida, shahar binolarining me'moriy yoritilishida, shuningdek, ko‘chalar va ishlab chiqarish hududlarini yoritishda ishlatilib kelinadi.

«Akfa Lighting LED» ishlab chiqargan lampalar va yoritgichlar – bu  ideal moslik bo‘lib, bu yerda sifat narxdan ancha yuqori yuradi.

«Akfa Lighting LED» faqatgina yoritish moslamalarni ishlab chiqarish bilan chegaralanmadi va doimo o‘z faoliyatini kengaytirib bordi. Shu tariqa bozorda yangi brendlar: «VESTA electric» (rozetkalar va o‘chirgichlar), «Lucem» (yorug‘lik qurilmalari) va «City led» (LED monitorlar) paydo bo‘ldi. Shuningdek, dunyoga mashhur kompaniyalar bilan yaqindan hamkorlik qilish natijasida, O‘zbekiston bozorida quyidagi brendlarning mahsulotlarini xarid qilish imkoniyati yaratildi. Philips lighting, Samsung business dispiay, Schneider electris, Siemens.

Birinchi 10 yillik faoliyati davomida, «Akfa Lighting LED» kompaniyasi, o‘zining asosiy ish prinsipi sifatida: ishonchli, tejamkor, ekologik jihatdan xavfsiz bo‘lgan lampalari  va yoritish uskunalarini ishlab chiqarishni ko‘radi! Shuningdek, doimo rivojlanish va ishlab chiqariladigan mahsulotlarda yangi texnologiyalarni qo‘llashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.

Shu tariqa, tez kunlarda O‘zbekiston bozorida Smart-texnologiyalar ishlatilgan lampalar paydo bo‘ladi. Bu keng ranglar palitrasiga ega, o‘ziga xos lampalar bo‘lib, ularni smartfonga o‘rnatilgan ilovadan turib boshqarish mumkin bo‘ladi!

«Akfa Lighting LED» kompaniyasi haqida batafsil ma'lumot olish uchun:

Sayt: akfalighting.uz

Instagram: @akfa_lighting_official

Facebook: fb.com/akfalighting

Taklif etiladigan turli-tuman mahsulotlar assortimentini quyidagi manzilda joylashgan «Akfa lighting LED» shourumida ko‘rishingiz mumkin: Toshkent shahri, Kichik Halqa yo‘li, 2.

Reklama huquqi asosida

Top