Video: Tashkent City'ga uyuştirilgan ilk press-tur tafsilotlari
|23:06 / 02.02.201939 81310 min
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Toşkent şahri markazida Tashkent City loyihasi amalga oşirilayotgani haqida bir neça bor xabar qilingan edi. Ayni loyiha atrofida turli xil xabarlar paydo bölmoqda. 31 yanvar kuni mazkur loyihada işlar qanday olib borilayotgani va OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob beriş maqsadida press-tur taşkil etildi.
Jurnalistlar va operatorlar jamoasi dastavval Boulevard deb nomlangan turarjoylar majmuasi barpo etilayotgan 7-lotga taşrif buyurişdi. Uşbu majmuani qurayotgan Premium Village kompaniyasining 7-lot böyiça rahbari Aleksandr Tson turarjoy binolari qurilişiga doir tafsilotlar bilan örtoqlaşdi.
Video: Tas-IX
Video: Youtube
«Majmua fast-track, ya'ni parallel loyihalaş asosida qurilmoqda. U 6ta köp qavatli binolar majmuasidan iborat böladi. Har bir uy ostiga 582tadan uzunligi 14 metrlik 80 sm diametrdagi qoziqoyoqlar qoqilib çiqildi. Barça uylar yerosti suvlaridan işonçli himoyalangan», - dedi Aleksandr Tson.
U, şuningdek, majmua 2020 yil may oyida foydalanişga topşirilişini bildirar ekan, turarjoy binolarining seysmik bardoşliligiga ham oydinlik kiritdi.
«Ularning zilzila bardoşligi normativ böyiça +9 balldir. Binolarning beton işlarida 400 markali sement işlatilmoqda. Bu 1 sm2.ga 400 kg yuk mos keladi, deganidir. Şunga binoan, bemalol uşbu uylardan xarid qilgan bölar edim», - deya ta'kidladi 7-lot rahbari.
Premium Village kompaniyasining 7-lot böyiça rahbari Aleksandr Tson
Tsonning aytişiça, işlar 2 smenada taşkil etilgan bölib, birinçi smenada işçilar soat 8-00dan 17-00 oraliğida işlaydi. Ikkinçi smena keçki 20-00dan tonggi 5-00gaça davom etadi.
«Menga 12 soat işlaydigan işçi kerak emas. Çunki, bu xavfsizlik jihatidan ham maqsadga muvofiq emas. Köp işlagan işçi yoki xato qiladi, yo bölmasa, biror kor-hol röy berişi mumkin. Qolaversa, Özbekistonda iş soatlari belgilab berilgan. Şunga köra, iş va dam oliş kunlari taşkil etiladi», - dedi Aleksandr Tson.
Mavzuga oid
Ta'kidlaş örinliki, OAV vakillariga quruvçilar uçun barpo etilgan şaroitlar körsatilişi aytilgan bölsa-da, faqatgina Discover Invest xodimlari işlayotgan ofisnigina körişga imkon berildi.
Matbuot anjumanida ma'lum qilinişiça, Boulevard majmuasining 15 foiz xonadonlari sotib bölingan.
Şundan söng, Tashkent City direksiyasi tomonidan matbuot anjumani ötkazildi. Unda Vazirlar Mahkamasi Quriliş departamenti, vazirliklar, Toşkent şahar hokimligi rahbar xodimlari iştirok etib, OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob berişdi.
Xususan, Tashkent City loyihasida 700 investor iştirok etişni istamagan. Qolaversa, mahalliy banklar ham dastavval loyihaning jozibadorligiga işonmagan. Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev Tashkent City loyihasiga investorlarni jalb qiliş jarayoni qanday bölgani xususida sözlab berdi.
«Prezident menga Tashkent City qurilişini 3 yilda tugatiş topşiriğini berdi. Men 700dan ortiq investor bilan uçraşdim. Ularning barçasi iştirok etişdan boş tortdi, çunki loyiha jozibador emas edi. Aholi uylarini buziş, odamlarni köçiriş va boşqa muammolar. Sarmoyadorlar buni 3 yilda tugatiş mumkinligiga işonişmadi. Keyin men Murad Buildings va Real House vakillariga loyiha jozibador ekanini tuşuntirdim va ularni taklif etdim. Qiyinçiliklarga qaramay, ular rozilik bildirişdi. Xohlardimki, Özbekistonda şunday dovyurak tadbirkorlar köpaysa. 3 yilda tugaşi kerak bölgan loyiha ijrosiga hamma ham kirişa olmaydi», - dedi Ortiqxöjayev.
Şahar hokimi şuningdek, loyiha amalga oşişiga mahalliy banklar ham işonmagani, uylar buzilib, aholi köçirilganidan söng, banklar qiziqa boşlaganini ta'kidladi.
«Dastlab banklar ham rad etdi. Men banklarga borib, boşqaruvçilar bilan gaplaşdim. Uylar buzilib, aholi köçirilganidan keyin vaziyat özgardi. Banklar loyihaga qiziqiş bildira boşladi. 1 gektar yer maydoni 2 mln AQŞ dollariga baholandi. Loyihaning barça iştirokçilariga teng şaroitlar taqdim etildi», - deya qayd etdi şahar hokimi.
Press-tur doirasida taşkil etilgan matbuot anjumanida yirik loyihada iştirok etayotgan xorijiy kompaniyalarning yangidan taşkil etilgani xususidagi masalalarga ham oydinlik kiritildi. Taşqi savdo va investitsiyalar vaziri örinbosari Laziz Qudratov kompaniyalar qanday qilib Tashkent City sarmoyadorlariga aylanganini izohladi.
«Kompaniyalar bir yil, yarim yil avval taşkil etilgani heç qanday rol öynamaydi. Bu dunyoda kuzatiladigan amaliyot. Köpçilik, qandaydir loyihani amalga oşiriş uçun yangi tuzilmalar taşkil etadi. «Special purpose vehicle» degan ibora bor. Samarali va ta'sirçan moliyaviy boşqaruvni hamda soliqqa tortişni amalga oşiriş uçun yirik kompaniyalar özlarining şö'ba korxonalarini taşkil etadi. U yaqinda taşkil etilgan bölişi mumkin, biroq u aynan loyihani samarali boşqariş maqsadida tuziladi. Bunda qandaydir jinoiy alomatlar bölişi mumkin emas», - dedi Laziz Qudratov.
Ma'lum qilinişiça, Tashkent City loyihasini amalga oşiriş uçun 6 mingdan ortiq kişi mehnat qilmoqda. Anjumanda, işçilarning oylik maoşlari 1 mln 400 ming sömdan 2 mln 500 ming sömgaça ekani bildirildi. Bundan taşqari, iş joyida 3 mahal bepul issiq ovqat, har oyda 200 ming sömlik oziq-ovqat puli berilişi qayd etildi.
Ta'kidlaş örinliki, matbuot anjumanida Toşkent şahar hokimi Ortiqxöjayev, ijtimoiy tarmoqlar va xorij matbuotida Tashkent City loyihasiga doir ayrim xabarlar izoh berdi.
U loyihani amalga oşirişda iştirok etayotgan kompaniyalarning ayrimlari Akfa kompaniyasiga tegişli ekanini tasdiqladi. Şu bilan birga, hokimlikka tayinlanayotganida Akfa Group holding kompaniyasidagi uluşini birovga beriş talab etilmaganini bildirdi.
Şahar hokimi OpenDemocracy saytida e'lon qilingan maqoladagi faktlar yuzasidan berilgan oçiqlovçi savolga javob berar ekan, Akfa holding kompaniyasida uluşga egaligini bildirib, hokim bölişi, 20 yillik kompaniyasi uluşidan voz keçişini anglatmasligini ta'kidladi.
«Haqiqatdan Akfa 20 yillik kompaniyam. Özim taşkil etganman kompaniyani. Töğrisini aytsam, hokim böliş tuşimga ham kirmagan. Yarim soat oldin eşitganman hokim bölişimni. Ammo, 20 yillik kompaniyani, töğrisini aytaman, 31 ming işçisi bilan şundoq taşlab ketiş...
Men hokim bölganimda, prezidentimiz şu yerda (kompaniyada-tahr.) orttirgin tajribalaringni, deb hokim sifatida tayinlaganlar. Kompaniya boşqaruvini boşqa insonlarga, şogirdlaringga taşlab ketgin, degan talab bölgan. Lekin hissangni bergin, degan talab bölmagan.
Agar, menda Boeing aksiyasi bölsa, hokim bölib, berib yuborişim kerakmi? Yoki Apple aksiyasi bölsa qölimda, men işni boşqarmayman u kompaniyada, hokim böldim, uni ham sotişim kerakmi?», - deya javob berdi Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayev.
Poytaxt şahar hokimi, şuningdek, 3-lotda barpo etilayotgan Hilton mehmonxonasi va yirik mahalliy hamda xalqaro anjumanlar ötkaziş uçun möljallangan Congress-Hall binosi Akfa Dream World tomonidan barpo etilib, foydalaniş uçun hukumatga beğaraz topşirilişini ma'lum qildi.
«Akfa Dream World 3-lotdagi Hilton mehmonxonasi va yirik mahalliy hamda xalqaro anjumanlar ötkaziş uçun möljallangan Congress-Hall binosini quryapti. Biroq undan foyda körmaydi. Bular qurilib, hukumatga topşiriladi. Beğaraz beriladi», - dedi Ortiqxöjayev.
Matbuot anjumanida turkiyalik sarmoyador Ahmet Demirning «Çorsu» mehmonxonasi böyiça investitsiya majburiyatlariga doir sönggi bayonotlariga nisbatan hukumat vakillarining izohlari ham yangradi. Iqtisodiyot va sanoat vazirining birinçi örinbosari Ravşan Ğulomovga köra, turkiyalik tadbirkor Ahmet Demir «Çorsu» mehmonxonasi böyiça öz investitsiya majburiyatlarini hamon bajarmagan. Uning aytişiça, Demir Group kompaniyasi 2017 yil sentyabrida «Çorsu» mehmonxonasi binosini kamida 33 mln dollar miqdorida investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan nol xarid qiymatida sotib oldi. Biroq, investor «heç narsa qilmagan».
«Tört yulduzli mehmonxona bölişi aytildi, katta va'dalar berildi, 30 million xorijiy investitsiya kiritilişi aytildi. Natijani köryapmiz. Va'dani bajariş örniga, özbek banklari pul bermagani, şuning uçun muddatlar keçikayotgani haqida gapirmoqda. Bu yerda özbek banklarining nima aloqasi bor? Investor sarmoya kiritiş böyiça majburiyatlarni öz zimmasiga olgan edi. Ammo, sarmoya kiritgani yöq», - dedi Ğulomov.
OAV vakillari bilan uçraşuv çoğida Toşkent metrosidagi poyezdlar harakatining sekinlaşuvi Tashkent City qurilişi bilan boğliqmi, degan savolga ham mutasaddilar tomonidan oydinlik kiritildi. Tashkent City ma'muriyatidan ma'lum qilişlariça, metro ustida heç qanday binolar qurilmayapti.
Ma'lumki, 2018 yil sentabr oyi boşlarida poytaxt hokimligi uşbu uçastkada şpallar va relslar almaştirilayotganini ma'lum qilgandi.
«Poyezdlar harakatlanişining sekinlaşuvi şpallar va relslarni yangilaşdagi texnik reglamentlarga boğliq. Poyezd tezligini pasaytiriş yöl materiallarini «silliqlaş» uçun talab qilinadi. Metro sostavlarining sekinlaşişi 5 kundan 10 kungaça davom etadi, yölovçilarning bezovta bölişiga heç qanday sabab yöq», - degandi öşanda «Toshkentmetropoliteni» DUK harakatlaniş xizmati boşliği Sulton Qodirov.
Biroq, oradan 5 oy muddat ötdi hamki, «Xalklar Döstligi» va «Paxtakor» bekatlari orasidagi uçastkada poyezdlar harakatining sekinlaşuvi hamon kuzatilmoqda.