07:24 / 13.11.2020
7298
Yevro-2020. Pley-off o‘yinlaridan so‘ng barcha guruhlar to‘liq shakllandi

12 noyabr kuni Yevro-2020ga yo‘l olgan so‘nggi 4 jamoa ma'lum bo‘ldi.

Hal qiluvchi pley-off o‘yinlaridan keyin Vengriya (Islandiya, 2:1), Shimoliy Makedoniya (Gruziya, 1:0), Shotlandiya (Serbiya, 1:1 pen – 5:4)  va Slovakiya (Shimoliy Irlandiya, 2:1) turnirning final bosqichiga yo‘l olishdi.

Natijada qit'a chempionatining barcha guruhlari to‘liq shakllandi.

A guruhi: Turkiya, Italiya, Uels, Shveytsariya.
B guruhi: Daniya, Finlyandiya, Belgiya, Rossiya.
C guruhi: Niderlandiya, Ukraina, Avstriya, Shimoliy Makedoniya.  
D guruhi: Angliya, Xorvatiya, Shotlandiya, Chexiya.
E guruhi: Ispaniya, Shvetsiya, Polsha, Slovakiya.
F guruhi: Vengriya, Portugaliya, Fransiya, Germaniya.

Top