UYeFA Yevropa çempionati yakunlariga köra, turnir ramziy jamoasini e'lon qildi.
Unga köra, Yevro-2020 ramziy jamoasidan Italiya milliy jamoasining 5 nafar, Angliyaning 3, Daniya, Belgiya, Ispaniya milliy jamoalarining 1 nafardan öyinçisi tarkibga kiritilgan.
UYeFA talqiniga köra, Yevro-2020 ramziy jamoasi:
Darvozabon: Donnarumma (Italiya)
Himoyaçilar: Uoker (Angliya), Bonuççi (Italiya), Maguayr (Angliya), Spinatssola (Italiya)
Yarimhimoyaçilar: Jorjino (Italiya), Pedri (Ispaniya), Heyberg (Daniya)
Hujumçilar: Sterling (Angliya), Lukaku (Belgiya), Keza (Italiya).

Eslatib ötamiz, Yevropa çempionati finalida Italiya Angliya ustidan ğalaba qozonib (1:1, 3:2 – penalti), turnir ğolibiga aylandi.









