Angliya Yevropa çempionati finalida Italiyaga penaltilar seriyasida yutqazdi va uzoq vaqt kutilgan xalqaro sovrindan yana benasib qoldi. 11 metrlik zarbalar seriyasi juda hayajonli va noodatiy keçdi: Sautgeyt 120-daqiqa arafasida ikki özgariş amalga oşirdi, Henderson va Uoker örniga Raşford va Sanço tuşirildi, ammo bu ikki yangi kuçning ikkisi ham öz imkoniyatlarini yöqqa çiqardi. Hal qiluvçi zarbani berişda esa Saka xatoga yöl qöydi, u ham ikkinçi bölim davomida maydonga tuşgandi. Köpçilik bunday muhim pallada nega bu 19 yoşli futbolçi nuqtaga yaqinlaşganini tuşunmayapti.
Endi Sautgeytni özining xato qarorlari bilan ğalabani raqibga taqdim etgan landovur deb ataşmoqda. Lekin bu fikrlar obektiv emas, balki hissiyotga asoslangan, natijadan kelib çiqqan holda aytilgan bahodir. Röy bergan hodisani yaxşiroq tuşuniş uçun öyinning 117-daqiqasiga, penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ketayotgan pallaga qaytiş kerak.
Angliyaning azaliy muammosi
Angliyaliklarda hamişa penaltilar seriyasida ğalaba qozoniş muammo bölib kelgan. Milliy jamoaning ştatdagi penaltiçisi Keyn edi: faqat u bu işni klubda ham terma jamoada ham barqaror ravişda amalga oşirib kelgan (faoliyatida jami 52 uriniş, 88 foizlik muvaffaqiyat). Quyidagi suratda 2015 yildan boşlab final öyinidagi natijalar ham qöşib hisoblangan.

Undan keyingi körsatkiç Raşfordniki, qolgan futbolçilar esa – öyinlarda 11 metrdan 10 martadan ortiq zarba bermagan. Overtaymlar oxirigaça maydonda qolgan ayrim futbolçilarda esa bu boradagi tajriba juda yomon edi. Grilişda – ikki zarba, Şou va Stounzda – bittadan, Uokerda – nol (u sönggi marta 2013 yilda «Tottenhem»da ekanida Angliya Ligasi kubogida penalti tepişiga töğri kelgan), Hendersonda – ikki, ammo ikki urinişda ham xato qilgan. Henderson JÇ-2018da Kolumbiyaga qarşi öyinda xato qilgan, Yevro-2020 arafasida Ruminiyaga qarşi örtoqlik uçraşuvida ham 11 metrdan gol urolmagandi.

Bu esa Italiya termasidagi penaltiçilarning natijalari. Öyin davomida almaştirib yuborilgan Immobile va Insinesiz ham röyxatdagilarning tajribasi kattaligini köriş mumkin.

Angliya darvozasi tomon Berardi, Belotti, Bonuççi, Bernardeski va Jorjino tepişdi. Ulardan faqat Bernardeski va Bonuççi faoliyati davomida öyinlarda 11 metrlik nuqtadan 10 martadan kamroq zarba berişgan, ammo ularning ikkisining körsatkiçlari inglizlarnikidan yaxşiroq: Bernardeski – 2015 yildan buyon 9 urinişdan 7tasida aniq harakat qilgan, Bonuççi – 6tadan 5tasida. Bonuççi doimiy ravişda penaltilar seriyasida iştirok etib keladi va deyarli har safar işonçni oqlagan. U faqat bir bor xato qilgan – Yevro-2016 çorakfinalida Germaniyaga qarşi öyinda ham u yomon zarba bermagan, şunçaki Noyyer murakkab yöllagan töpga yeta olgandi (öşa öyinning asosiy vaqtida u Noyyerni doğda qoldira olgandi, penaltilar seriyasida esa Germaniya 6:5 hisobida ustun kelgan).

















