Yevro-2020 yakunlari. Kim tezroq, çidamliroq va aniqroq?
|20:57 / 13.07.202125 22810 min
Italiya qança mablağ işlab oldi va kim hammadan köproq uzatma berdi - Yevropa çempionatining asosiy raqamlari.
Yevro-2020 yakunlandi. Endi bir oy davom etgan bu bayram sarhisobini qilsa böladi.
0 mağlubiyat
Italiya Yevro-2020 ğolibligiga qadar biror öyinda mağlub bölmadi. Turnir final bosqiçidagi barça yetti öyinda italyanlar ğalabani nişonlaşdi.
Foto: CLAUDIO VILLA/GETTY IMAGES
Çempionlar böyiça qisqaça statistika:
Qatorasiga ikki penaltilar seriyasida ğalabaga erişildi. Yarimfinalda ispanlar, finalda – inglizlar futbol lotereyasida italiyaliklardan köra omadsizroq çiqişdi.
Öyinlarning asosiy bölimlarida italyanlar uç gol ötkazişdi va 11 gol urişdi.
Penaltilar seriyasi hisobga olinmasa, italyanlar öyinlarning asosiy vaqtida biror marta ham 11 metrlik zarbani ijro etişmadi.
Italiya öz tarixida ikkinçi bor Yevro ğolibi bölişdi.
Italiya mağlubiyatsiz seriyasini 34 öyinga yetkazib qöydi. Jahon rekordi uçun yana bir öyinda mağlub bölmaslik kifoya qiladi.
Bonuççi – Yevro finallarida gol urgan «eng keksa» futbolçi. U Angliya darvozasiga hisobni tenglaştiruvçi golni urganida 34 yoşu 71 kunlik edi.
Jorjino bir mavsumda ham Yevropa çempionatida va ham Yevropa çempionlar ligasida ğolib bölişga erişgan 10-futbolçi böldi.
Aldab ötib bölmas futbolçilar
Jorjo Kellini — Leonardo Bonuççi juftligi biror vaziyatda raqibga birga bir vaziyatda özini aldab ötişiga ruxsat bermagan. Ular biror marta italiyaliklar darvozasiga zarba berilişiga olib kelgan xatoga yöl qöyişmagan.
5ta quruq öyin
Foto: FRANK AUGSTEIN — POOL/GETTY IMAGE
Yevro davomida Angliya posboni Jordan Pikford şunça öyinda darvozasi daxlsizligini saqlagan. U Yevropa çempionatida quruq öyin ötkaziş böyiça yaqqol yetakçi böldi. Angliyaliklar turnir davomida jami ikki gol ötkazib yuborişdi — Daniyaga qarşi yarimfinal öyinida jarima zarbasidan va finalda Italiya burçakdan zarba ijro etganida.
Mavzuga oid
Pikford darvozasi daxlsizligini uzoq vaqt saqlab turiş böyiça Gordon Benksga tegişli bölgan va 55 yil mobaynida saqlanib turgan rekordni ham yangiladi. Pikford 721 daqiqada gol ötkazmadi, Benksning natijasi — 720 edi. InStat ma'lumotiga köra, Pikford darvoza sohasiga yönaltirilgan zarbalarni bartaraf etiş böyiça ham yetakçi — 90 foiz.
34 mln yevro
Italiya Yevro-2020dagi va ğoliblik evaziga şunça mablağ işlab oldi. 9,25 mln yevro — iştirok uçun; 4,5 mln — guruh bosqiçidagi uç ğalaba uçun, 2 mln — 1/8 finalga çiqqanlik uçun. Çorakfinalga çiqiş — yana 3,25 mln yevro keltirdi, yarimfinal yöllanmasi — 5 mln yevro. Finaldagi iştirok evaziga italyanlar ğaznasiga yana 7 mln yevro, ğalaba uçun esa — 3 mln yevro qöşildi.
9ta xato zarba
Foto: JUSTIN SETTERFIELD/GETTY IMAGES
Ispaniya termasi hujumçisi Jyerar Moreno va fransiyalik Kilian Mbappe şunça martadan xato zarba yöllagan — InStat ma'lumoti. Moreno Yevroni yarimfinalda tark etdi. Mbappe esa iştirokini 1/8 finalda töxtatdi va u kamroq öyinda şunça xato zarba berdi, Şveytsariyaga qarşi öyindan keyingi penaltilar seriyasida gol ura olmadi.
652 uzatma
Ispaniyalik himoyaçi Emerik Lyaport Yevro-2020dagi eng köp uzatma bergan futbolçiga aylandi. U Ispaniya safida faqat şu Yevropa çempionatida debyut qildi: Fransiyada tuğilgan bu futbolçi terma jamoaga çaqiruv kutişdan zerikdi va Ispaniyaga murojaat qilib (unda basklar qoni ham bor), uşbu mamlakat fuqaroligini oldi.
20 zarba
Ispaniyaning yana bir vakili Dani Olmo Yevroda eng köp zarba bergan futbolçi böldi. Undan keyin Lorenso Insine (19) va Çiro Immobile — ularning ikkisi ham Yevro finalida qatnaşdi va bir bölib 6 zarba berişdi (5+1), lekin biror zarba darvoza sohasiga aniq bormadi.
Şeriklar uçun yaratilgan 11 vaziyat
Yana Ispaniya, yana Dani Olmo va Jordi Alba. Ular bu borada yetakçi. Ular turnir davomida tört bor golli uzatma muallifiga aylanişgan.
Volkswagen Mobility xizmati ham kim Yevropa çempionatidagi eng tezkor va çopağon bölgani, kim köproq hujumlar boşlagani va raqibni aldab ötgani böyiça statistik ma'lumotlarni taqdim etdi.
Eng köp yugurganlar
86,61: Jorjino (Italiya)
82,99: Kelvin Fillips (Angliya)
76,14: Pedri (Ispaniya)
74.33: Harri Keyn (Angliya)
68.35: Rahim Sterling (Angliya)
Darvozabonlarni hisobga olmaganda, Jorjino Yevro-2020 öyinlarida eng köp vaqt öynagan maydon futbolçisi böldi va barçadan köproq kilometr bosib ötdi. Şuningdek, turnirning eng yorqin futbolçilaridan biri bölgan 18 yoşli Pedrini ham e'tirof etiş mumkin. U Ispaniya yarimfinalda iştirokini töxtatguniga qadar bu borada yaqqol yetakçi bölib turgandi.
Töp jamoasida bölganida ham köp yugurgan futbolçilar
Statistika yana bir bor töpga egalik qiliş borasida ispanlarning tengi yöq ekanini körsatmoqda. Töp öz jamoasida ekanida eng köp masofa bosib ötgan futbolçilar beşligida Ispaniyadan uç vakil bor, holbuki ular finalçilar Angliya va Italiyadan köra kamroq öyin ötkazişgan. Jorjino Italiyadagi jamoadoşi, röyxatda 11-örinni egallagan Lorenso Insinedan 7,73 km köproq masofa bosib ötgan.
Tezlik böyiça eng yaxşi natija Vengriya termasi öng qanot himoyaçisi Loiku Nego hamda Italiyaning çorakfinalda jarohat olgan çap qanot himoyaçisi Leonardo Spinatssolaga tegişli böldi. Agar bu iştirokçilar yuz metrlik masofada poygalaşganida, ğolibni foto-finiş orqali aniqlaşga töğri kelgan bölardi. Umuman olganda, 13 futbolçi soatiga 33 km tezlikdan oşgan. Finalda italiyalik Federiko Keza (31,7 km/s) va angliyalik Kayl Uoker (31,3 km/s) eng yaxşi körsatkiçlarini qayd etdi.
Sterlingning 298ta şunday harakatidan 63tasi yarimfinal öyiniga töğri keladi - bu şu bosqiçdagi barçadan yaxşiroq, finalda esa 50 marta irğib oldinga taşlanişni amalga oşirdi. «Atalanta» himoyaçisi Yoahim Mehle ham turnirdagi iştiroki bilan öz reytingini kötarib oldi. Final öyinidan oldin unda bu boradagi körsatkiç Sterlingdan 29taga yaxşiroq edi. Finalda bu boradagi eng yaxşi körsatkiçni italiyalik Emerson (65) qayd etgan, u bu borada ikkinçi örindagi Meyson Mauntdan 13 martaga köp şunday harakatni amalga oşirgan.
Muhim uzatmalar
31: Pedri (Ispaniya)
19: Koke (Ispaniya)
19: Jordi Alba (Ispaniya)
19: Lorenso Insine (Italiya)
18: Emil Forsberg (Şvetsiya)
Keskir uzatmalar Pedrining köpdan köp fazilatlaridan biridir. Ispanlar jamoasidagi köplab tajribali jamoadoşlari ham bu borada u bilan bellaşa olişmadi. Finalçilar orasida Italiya termasi hujumçisi Lorenso Insine eng yaxşi natijani körsatdi, lekin Nikolo Barella (16), Marko Verratti (15), Meyson Maunt (16) va Lyuk Şou (12) ham u qadar ortda qolişmadi.
Muvaffaqiyatli aldab ötişlar
22: Rahim Sterling (Angliya)
15: Federiko Keza (Italiya)
13: Martin Breytveyt (Daniya)
11: Andrey Yarmolenko (Ukraina)
10: Kilian Mbappe (Fransiya)
Angliya termasining sobiq himoyaçisi Rio Ferdinand BBC bilan suhbatda Sterling töpni olgaç raqiblarni «sarosimaga solib xaos boşlaş»ni istaşi haqida gapirgandi. Statistika ham «Mançester Siti» hujumçisi raqibni aldab ötişda ikkilanmasligini körsatadi. U yarimfinalda Daniya futbolçilarini töqqiz bor aldab ötgan (1/2 finaldagi istalgan driblingçi futbolçidan ikki barobar köproq). Finalda bu borada eng yaxşisi Keza böldi, Angliya safida esa kutilmaganda tayanç yarimhimoyaçisi Deklan Rays raqiblarni birin-ketin aldaşga kirişdi.
Raqib jarima maydoniga aniq uzatmalar
12: Endi Roberson (Şotlandiya)
11: Devid Alaba (Avstriya)
11: Rikardo Rodriges (Şveytsariya)
11: Deniel Jyeyms (Uels)
10: Koke (Ispaniya)
Şotlandiya termasi pley-offga çiqa olmadi, ammo ularni yomon iştirok etdi deyiş qiyin. Endi Roberson uç öyinda turnirdagi eng yaxşi natijani qayd etgan - uning krosslaridan 12tasi jamoadoşlariga aniq yetib borgan. Finalçilar borasida Şou va Maunt - angliyaliklar safida eng yaxşi körsatkiçlarga ega (mos ravişda töqqiz va sakkiztadan), Spinatssola va Insine esa italyanlar orasida, qisqa paslar beriş va özlari yorib kirişga odatlangan bu futbolçilar olti martadan jarima maydoniga töp uzatişgan.
Maydonning uçinçi qismidagi yakka yurişlar
27: Pedri (Ispaniya)
25: Marko Verratti (Italiya)
19: Rahim Sterling (Angliya)
18: Markos Lorente (Ispaniya)
17: Lyuk Şou (Angliya)
Pedri yana bir marta raqiblarni jiddiy farq bilan ortda qoldirdi, faqat undan köproq öyin ötkazgan Veratti finalda poyezddek harakat qilib, hujumda 13 bor yurişni amalga oşirdi va umumiy körsatkiç böyiça Pedriga yaqinlaşib oldi. Overtaymda uning Manuel Lokatelliga almaştirilgani bejiz emas - u bunday harakatlar vaqtida köp kuç sarfladi. Masalan, finalda bu boradagi ikkinçi natijani Lyuk Şou qayd etdi - u beş marta yolğiz özi töp bilan oldinga bordi.
Bu borada turnirda eng yuqori natijani Insine qayd etdi. Yarimfinalda Daniyaga qarşi öyinda olti marta raqib jarima maydoniga yorib kirgan Sterling yakuniy reytingda ikkinçi böldi.