22:02 / 25.11.2020
55747
«Shu noyabr oyidagidek vaziyat oldin kuzatilmagan» – Alisher Sultonov

Energetika vaziri Alisher Sultonov O‘zbekistonda elektr energiyasi ta'minotida yuzaga kelgan vaziyat tufayli rivojlangan davlatlardagi rahbarlar kabi iste'foga chiqish-chiqmaslik masalasidagi savolga javob berdi.

«Biz mutasaddilar birinchi ish kunimizdan iste'foga tayyor bo‘lib ishlaganmiz. Lekin hamma iste'foga chiqib ketaversa kim ishlaydi? Biz ishimizni 24 soat olib boryapmiz.

Mana shu noyabr oyidagidek vaziyat oldin kuzatilmagan. Mana o‘tgan sutkada iste'mol bo‘yicha biz tarixiy maksimumga chiqdik – 213 mln kilovatt/soat. Bu 17 foiz o‘sish deganidir», deya vazirning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri. 

Shuningdek, vazir «Lukoyl»dan qarz masalasiga ham oydinlik kiritdi.

«O‘z vaqtida O‘zbekistonning «Lukoyl»dan qarzdorligi to‘g‘risida noto‘g‘ri ma'lumot tarqalib ketgan. Bu qarzdorlik «O‘zbekneftgaz» qarzdorligi, ya'ni ikki xo‘jalik sub'yekti o‘rtasidagi munosabat. «O‘zbekneftgaz» uchga bo‘lingandan keyin «Transgaz» zimmasiga oldi, barcha to‘lovlar jadval bo‘yicha ketyapti. Ya'ni «O‘zbekiston «Lukoyl»dan qarzdor» degan gaplar to‘g‘ri emas», dedi Alisher Sultonov «O‘zbekistonda kuzatilayotgan energetika taqchilligi, uning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan tezkor choralar» mavzusidagi matbuot anjumanida.

Top