Özbekistonda 2024 yil 1 maydan elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun ijtimoiy norma tizimi joriy etilmoqda. Bunday yondaşuv energiya sarfini adolatli taqsimlaş imkonini beradi. Köproq iste’mol qilganlar kamroq sarflaganlarga nisbatan köproq tölaşini ta’minlamasak, resurslarimizni tejaşimiz qiyin keçadi.

Subsidiya hisobiga amal-taqal kun keçirayotgan gaz va elektr tarmoqlarimiz barqaror rivojlanişi uçun samarali va adolatli mexanizmni işga tuşiriş vaqti allaqaçon kelgandi.

Qolaversa, kuz-qiş mavsumida ehtiyojmand aholiga bir martalik yordam puli ham ajratilayotgani ijtimoiy adolat tamoyillari buzilmasligiga sabab böladi.

Töğri, oson bölmaydi, noqulayliklar, e’tirozlar köp bölişi tabiiy. Lekin ertangi avlodga eskirgan tizimlarni “meros” qilib qoldirmasligimiz uçun ham tanlagan yölimizdan oğişmasligimiz şart.

Mavjud energiya resurslarini iste’molçilarga yetkazib beriş jarayonining özida katta yöqotişlarga yöl qöyilmoqda. Buning asosiy sababi esa infratuzilmaning eskirib ketganligiga borib taqaladi.

Davlat tomonidan yillar davomida sohani budjet hisobidan subsidiyalaş, yangi qöşilgan iste’molçilar ehtiyojlarini qondiriş kabi işlar uçun köp mablağ sarflab borilganligi bois, infratuzilmani yangilaş işlari ança orqada qolgan.

Şu sababli, kelgusi 5 yillikning özida bir neça milliard dollar mablağ aynan eskirgan vositalarni yangilaş uçun ajratiliş zarurati yuzaga kelgan. Bugungi murakkab şaroitimizda eskirgan infratuzilmani modernizatsiyalaş orqali yöqotilayotgan resurslarni iste’molçilarga yönaltiriş energetikadagi uzilişlarga barham beradi.

Şuning uçun yaqin 5 yil davomida va keyinçalik ham energiya resurslaridan samarali, oqilona foydalanişga, şaxsiy sarf-xarajatlarimizni kuzatib borişga, tejamkorlikka örganişimiz kerak. Ana şunda iste’mol madaniyati şakllanadi.

Işlab çiqaruvçi yoruğlik manbasini yetkazib beradi, lekin uni qanday işlatiş faqat özingizga boğliq böladi. Har bir fuqaro elektr energiyasiga xalq mulki sifatida qaraşi zarur. Şundagina barçamizda mas’ullik hissi oşadi.

Bu yerda yana bir narsaga aniqlik kiritib ketiş zarur – subsidiyalar asosan aholi tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasi va tabiiy gazning amaldagi tariflari va xaqiqiy tannarx örtasidagi tafovutni qoplaş uçun beriladi.

Xöş, özi aholi qança elektr energiyasi iste’mol qiladi? Yillar davomida bu körsatkiç dinamikasi qanaqa?