19:10 / 28.11.2020
4861
Xususiy bandlik agentliklarida Koreyaga migrantlarni yuborishga vakolat yo‘q – Migratsiya agentligi

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Muhammadzokir Mamatxonov Koreya Respublikasiga fuqarolarni ishga yuborish haqida ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, hozirda Koreya Respublikasiga migrantlarni yuborish uchun faqat Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida imkoniyat bor. Hech bir xususiy bandlik agentligi Koreya Respublikasining migrantlarni qabul qiladigan vakolatli organi bilan shartnomaga ega emas. Agarda xususiy bandlik agentliklari Koreyaning Inson resurslari markazi tashkiloti bilan shartnoma tuzib, ular qo‘ygan talablarni bajarsa, qonunda hech qanday to‘siq yo‘q.

“Lekin Koreya Respublikasining hukumatlararo kelishuvidagi talabi bo‘yicha ular faqat biz bilan ishlaydi. Bu degani kimgadir taqiq qo‘yilgan, biz monopolistmiz degani emas.

Bir narsa to‘g‘ri qabul qilinishini so‘rardim. Xususiy bandlik agentligi bilan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bir xil vakolatga ega bo‘lgan tashkilot.

Mana, 20ta xususiy bandlik agentligimiz qoldi. Ular Koreyadagi migrantlarni qabul qiladigan yagona vakolatli organ bilan shartnoma qila olsa, buni tekshirib, xalqqa e'lon qilishga tayyormiz”,- dedi agentlik boshlig‘i. 

Top