23:16 / 04.12.2020
6495
2021 yilda 75 yil ichidagi eng jiddiy gumanitar inqiroz yuz berishi mumkin – BMT

 Ma'lumot berilishicha, COVID-19 sababli ocharchilikdan o‘lishi mumkin bo‘lgan insonlar soni 135 milliondan 270 million nafarga yetgan.

Foto: EPA/MATT CAMPBELL

Ocharchilik yoqasidagi odamlar sonining tez o‘sayotganligi sababli kelasi yil halokatli bo‘lishi mumkin. Bu haqda BMT Jahon oziq-ovqat dasturi ijrochi direktori Devid Bizli ma'lum qildi.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, “COVID-19 sababli ocharchilikdan o‘lishi mumkin bo‘lgan insonlar soni 135 milliondan 270 million nafarga yetgan”.

“2021 yil BMT tashkil etilganidan buyon eng jiddiy gumanitar inqiroz yili bo‘lishi mumkin”, — dedi Bizli BMT Bosh assambleyasining koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha maxsus sessiyasida.

 U shu bois dunyo yetakchilari va xalqaro tashkilotlarni “ocharchilik va migratsiyani keltirib chiqaruvchi sabablarga qarshi kurashni moliyalashtirishga ustuvor e'tibor qaratishga” chaqirdi.

 Avvalroq Indoneziyaning Bali orolida ommaviy ocharchilik kuchaygani xabar qilingandi.

Top