08:05 / 04.12.2020
1726
Uzbekistan Airways Nur-Sultonga muntazam reyslarni tiklamoqda va Olmaotaga parvozlar sonini ko‘paytirmoqda

Uzbekistan Airways Nur-Sultonga muntazam reyslarni tiklamoqda va Olmaotaga parvozlar sonini ko‘paytirmoqda. Bu haqda aviakompaniya xabarida aytiladi.

Nur-Sultonga ikkita reys ochiladi - seshanba kuni (15 dekabrdan) va juma kuni (10 dekabrdan) quyidagi jadvalga muvofiq: 

  • Toshkent - Nur-Sulton, jo‘nash soat 13:00da, yetib borish soat 16:00da;
  • Nur-Sulton - Toshkent, jo‘nash soat 17:00da, yetib borish soat 18:00da.

Bundan tashqari, 8 dekabrdan boshlab Olmaotaga qo‘shimcha reys seshanba kuni quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi: 

  • Toshkent - Olmaota, jo‘nash soat 15:20da, yetib borish soat 17:50da;
  • Olmaota - Toshkent, jo‘nash soat 18:50da, yetib borish soat 19:30da.
Top