Qozoğiston poytaxti Nur-Sultondan Qöstanay şahriga köçirilişi haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumot notöğri. Bu haqda notöğri ma’lumotlarga qarşi kuraşiş maqsadida yaratilgan stopfake.kz portali ma’lum qildi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda Qosim-Jömart Töqayev poytaxt Qöstanayga köçirilişini aytgani töğrisida ma’lumot tarqatilmoqda. Bu notöğri", - deyiladi xabarda.

1997 yilda mamlakatning birinçi prezidenti Nursulton Nazarboyev poytaxtni Olmaotadan Oqmola şahriga köçirgandi.

1998 yilda şahar nomi Ostona deb özgartirilgan. 2019 yil 23 martda Töqayev Ostona şahri nomini Nazarboyev şarafiga Nur-Sulton deb özgartiriş töğrisidagi farmonni imzolagan.