16:25 / 06.12.2020
10229
O‘zbekiston bozorlaridagi narxlar: o‘simlik yog‘i yana qimmatlashmoqda, bodring narxida esa keskin o‘sish

Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon bozorlaridagi 6 dekabr kungi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.

Jami 18 turdagi oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari to‘plab, tartiblanib, o‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida bozorlardagi aksariyat mahsulotlar narxida keskin o‘zgarish ko‘zga tashlanmayapti.

O‘simlik yog‘i narxi ayrim joylarda yana ko‘tarila boshlagan. Pomidor va ayniqsa, bodring narxi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bozorlarda bodring narxida yana o‘sish kuzatilgan — xususan, Nurafshon shahridagi dehqon bozorida uning 1 kilogrammi 25 ming so‘mdan ham sotilmoqda.

Ko‘plab joylarda o‘tgan haftalarda kilosi 14-15 ming so‘mdan sotilayotgan bodringning oldi 18 ming so‘mgacha yetgan.

Go‘sht narxi hamon barqaror: joylarda mol go‘shti 55-60 ming so‘m oralig‘ida sotilayotgani, qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-70 ming so‘m ekanligi qayd etildi.

Top