12:18 / 07.12.2020
9966

Samarqanddagi «Afrosiyob-palas» mehmonxonasi 43,3 mlrd so‘mga sotildi

Joriy yilning 9 noyabr kuni Samarqanddagi «Afrosiyob palas» mehmonxonasi yangi shartlar bilan qaytadan sotuvga qo‘yilganligi to‘g‘risida xabar berilgan edi. Unga ko‘ra, mehmonxonaning boshlang‘ich narxi 5,4 mlrd so‘mdan 27,4 mlrd so‘mga ko‘tarilgan va unga 12 mln dollar investitsiya sarflash majburiyati bekor qilingan. 

Shuningdek, mehmonxonani sotib olgan xaridor uni 2022 yil 1 yanvar kuniga qadar Madaniyat vazirligi va YuNESKO bilan kelishilgan holda to‘rt yulduzli qilib rekonstruksiya qilishi, mehmonxonaning barcha qarzlarini qoplashi kabi shartlar qo‘yilgan

2018 yilda «Afrosiyob palas» Singapurning «Exim Investmens Ple LTD» kompaniyasiga o‘tgan va u mehmonxonani ta'mirlash uchun mablag‘ sarflashi kerak edi. Investor shartnomada belgilangan majburiyatlarni o‘z vaqtida bajarmagani uchun shartnoma bekor qilingan.

Navbatdagi auksion savdolarida «Afrosiyob-palas» mehmonxona majmuasining savdolari yakunlandi. Unda 3ta ishtirokchi qatnashdi. Boshlang‘ich narxi 27,4 mlrd so‘m bo‘lgan davlat aktivi 29 qadam bilan 43,3 mlrd so‘mga sotildi.

Ma'lumot uchun, ushbu davlat aktivini sotib olgan g‘olib 2022 yil 1 aprelga qadar 100ta yangi ish o‘rni yaratishi kerak.

Top