20:27 / 10.12.2020
6320
Time «Yil odami» nomiga nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi

 Ro‘yxatdan Donald Tramp, Jo Bayden, Entoni Fauchi va tibbiyot xodimlari joy oldi.

Foto: time.com

Amerikaning Time jurnali «Yil odami» nomiga nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Ro‘yxatga to‘rt kishi kiritildi. Bular amerikalik siyosatchilar Donald Tramp va Jo Bayden hamda infeksionist Entoni Fauchidir. Short-listdan shuningdek, koronavirus pandemiyasi davrida insonlar hayotini qutqarish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimlari ham joy oldi.

Time jurnali 1927 yildan «yilning faxrli insoni»ni aniqlashni yo‘lga qo‘ygan. Keyinchalik u «yil odami»ga o‘zgardi. Mamlakat va butun dunyoga yil davomida eng ko‘p ta'sir ko‘rsatgan shaxs yoki bir necha kishi «yil odami» deb e'lon qilinadi.

 2019 yilda shvetsiyalik maktab o‘quvchisi – ekolog-faol Greta Tunberg «yil odami» deb e'lon qilingan.

Avvalroq Time 15 yoshli ixtirochini «yil bolasi» deb topgandi.

Top